📞 +998 (71) 244-35-36 📍 Toshkent sh., Abdulla Qodiriy k-si, 11-uy

Yangiliklar

28.08.2025

Seminar

 2025 yil 27 avgust kuni Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Turkiyaning Anqara Yildirim Boyazid universiteti hamkorligida "Yangi renessans sari" mavzusidagi onlayn ilmiy seminar bo‘lib o‘tdi.  Seminarda ishtirokchilar islom tafakkuri tarixining eng yorqin siymolaridan biri Ibn Sino falsafasi va ilohiyotiga bag‘ishlangan ikkita muhim ma’ruzani tingladilar: "Ibn Sino falsafasining islom tafakkuriga ta’siri" "Ibn Sino teologik qarashlarida ratsional tafakkurning o‘rni"  Ma’ruzalarda Ibn Sinoning ilm-fan, falsafa va teologiya sohalaridagi ulkan merosi, uning islom sivilizatsiyasiga ko‘rsatgan ta’siri hamda uning aqlli fikrlashga asoslangan yondashuvlari atroflicha tahlil qilindi.  Anqara Boyazid Yildirim universiteti professori Murat Demirkol o‘z so‘zida Ibn Sinodek buyuk shaxsiyat har qanday xalqning faxri bo‘lishga arziydigan siymo ekani, shu jihatdan, o‘zbek xalqi bunday buyuk ajdodi borligi bilan cheksiz iftixor tuyishini ta’kidladi. Ishtirokchilar ma’ruzachilarga o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, qizg‘in ilmiy munozara olib bordilar.  Kelgusida ham Imom Moturidiy markazi va Anqara Yildirim Boyazid universiteti o‘rtasidagi bunday ilmiy muloqotlarni davom ettirish rejalashtirilgan. Bu sa’y-harakatlar xorijda buyuk ajdodlarimiz ilmiy merosini o‘rganish sohasidagi yangiliklar bilan mahalliy olim va tadqiqotchilarimizni tanishtirish va ilmiy hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi.

30.07.2025

Seminar

Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Anqara Yildirim Boyazid universiteti hamkorligidagi onlayn seminar o‘tkazildi  2025-yil 29-iyul kuni Imom…

09.07.2025

Yangiliklar

Kembrij kolleji doktori bilan onlayn seminar   2025-yil 8-iyul kuni Kembrij Musulmon kolleji doktori, moturidiyshunos olim Ramon Xarvey ishtirokida onlayn…

09.07.2025

Xalqaro hamkorlik

Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga  tashrif  Joriy yilning 8-iyul kuni  Imom Buxoriy nomidagi xalqaro stipendiya dasturining sovrindorlari —…

07.07.2025

Yangiliklar

 O‘zbekiston delegatsiyasining Indoneziyaga tashrifi OAV diqqat markazida: "Mo‘tabar tashrif" tafsilotlari O‘zbekiston delegatsiyasining Indoneziyaga amalga oshirgan xizmat safari Indoneziya…

04.07.2025

Xalqaro konferensiya

  ✍️ 2025-yilning 4-iyul kuni Indoneziyaning Jakarta shahrida "Movarounnahrdan Janubi-Sharqiy Osiyoga: hadis ilmlari va intellektual aloqalar" mavzusida xalqaro…

04.07.2025

Xalqaro hamkorlik

✍️ O‘zbekiston delegatsiyasi Indoneziyadagi xalqaro konferensiyada ishtirok etmoqda 2025-yilning 3-iyul kuni Indoneziyaning Jakarta shahrida "Movarounnahrdan Janubi-Sharqiy Osiyoga: hadis…

02.07.2025

Yangiliklar

Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktor o‘rinbosari Sh.Islomov ayni vaqtda Din ishlari qo‘mitasi, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi, O‘zbekiston…