Yangiliklar

Yangiliklar

Kembrij kolleji doktori bilan onlayn seminar 2025-yil 8-iyul kuni Kembrij Musulmon kolleji doktori, moturidiyşunos olim Ramon Xarvey iştirokida onlayn seminar ötkazildi. Seminarda doktor…

Kembrij kolleji doktori bilan onlayn seminar 

 2025-yil 8-iyul kuni Kembrij Musulmon kolleji doktori, moturidiyşunos olim Ramon Xarvey iştirokida onlayn seminar ötkazildi.

Seminarda doktor R.Xarviyning "Transcendent God, Rational World: A Maturidi Theology" (Oliy zot va ratsional olam: moturidiylik aqidasi) nomli kitobida kötarilgan moturidiyşunoslikka oid masalalar qizğin muhokama qilindi. 

Seminarni Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori J.Karimov oçib, sönggi yillarda Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Britaniya ilmiy jamoatçiligi bilan hamkorlik aloqalari rivojlanib borayotgani, buning amaliy tasdiği sifatida joriy yil 29-30-aprel kunlari Samarqandda ötkazilgan konferensiyada britaniyalik taniqli moturidiyşunos olim iştirok etganini taʼkidladi. 

Doktor Ramon Xarvey öz  maʼruzasida Imom Moturidiy taʼlimotining aql va mantiqqa asoslangan ilmiy tizimi hamda uning zamonaviy aqidaviy masalalarga yeçim topişdagi ahamiyati haqida söz yuritdi.

 Kitobda bayon etilgan fikrlar seminar iştirokçilari tomonidan atrofliça tahlil qilindi va jonli muhokamalarga sabab böldi. Onlayn seminarda Imom Moturidiy, Imom Buxoriy, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlarining ilmiy xodimlari, şuningdek, Özbekiston xalqaro islomşunoslik akademiyasi professor-öqituvçilari va tadqiqotçilari  (40 nafar) iştirok etdilar.

 Iştirokçilar özlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan R.Xarveyga savollar berdilar. Taʼkidlaş kerakki, mazkur seminar islom aqidasi va falsafasi sohasidagi xalqaro ilmiy hamkorlikni mustahkamlaş, moturidiylik taʼlimoti asoslarini çuqur örganiş hamda yoş tadqiqotçilarning ilmiy salohiyatini oşirişda muhim ahamiyat kasb etadi.

Yangiliklar

Yana öqing

Barça yangiliklar
Yangiliklar

Parij Boş masjidiga taşrif

9-oktyabr kuni Din işlari böyiça qömita, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Islom sivilizatsiyasi markazi vakillari Parij Boş masjidiga taşrif buyurib, uning…