News

Yangiliklar

Kembrij kolleji doktori bilan onlayn seminar 2025-yil 8-iyul kuni Kembrij Musulmon kolleji doktori, moturidiyshunos olim Ramon Xarvey ishtirokida onlayn seminar oʻtkazildi. Seminarda doktor…

This page is currently available in Uzbek only.

Kembrij kolleji doktori bilan onlayn seminar 

 2025-yil 8-iyul kuni Kembrij Musulmon kolleji doktori, moturidiyshunos olim Ramon Xarvey ishtirokida onlayn seminar oʻtkazildi.

Seminarda doktor R.Xarviyning "Transcendent God, Rational World: A Maturidi Theology" (Oliy zot va ratsional olam: moturidiylik aqidasi) nomli kitobida koʻtarilgan moturidiyshunoslikka oid masalalar qizgʻin muhokama qilindi. 

Seminarni Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori J.Karimov ochib, soʻnggi yillarda Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Britaniya ilmiy jamoatchiligi bilan hamkorlik aloqalari rivojlanib borayotgani, buning amaliy tasdigʻi sifatida joriy yil 29-30-aprel kunlari Samarqandda oʻtkazilgan konferensiyada britaniyalik taniqli moturidiyshunos olim ishtirok etganini taʼkidladi. 

Doktor Ramon Xarvey oʻz  maʼruzasida Imom Moturidiy taʼlimotining aql va mantiqqa asoslangan ilmiy tizimi hamda uning zamonaviy aqidaviy masalalarga yechim topishdagi ahamiyati haqida soʻz yuritdi.

 Kitobda bayon etilgan fikrlar seminar ishtirokchilari tomonidan atroflicha tahlil qilindi va jonli muhokamalarga sabab boʻldi. Onlayn seminarda Imom Moturidiy, Imom Buxoriy, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlarining ilmiy xodimlari, shuningdek, Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi professor-oʻqituvchilari va tadqiqotchilari  (40 nafar) ishtirok etdilar.

 Ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan R.Xarveyga savollar berdilar. Taʼkidlash kerakki, mazkur seminar islom aqidasi va falsafasi sohasidagi xalqaro ilmiy hamkorlikni mustahkamlash, moturidiylik taʼlimoti asoslarini chuqur oʻrganish hamda yosh tadqiqotchilarning ilmiy salohiyatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

News

Read also

All news
News

Parij Bosh masjidiga tashrif

9-oktyabr kuni Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Islom sivilizatsiyasi markazi vakillari Parij Bosh masjidiga tashrif buyurib, uning…