News

Imom Moturidiy markazi ilmiy xodimlari Hakim Termiziy tavalludiga baḡişlangan xalqaro anjumanda iştirok etdilar

Bugun, 20-noyabr kuni Termiz şahrida Hakim Termiziy tavalludining 1200 yilligiga baḡişlangan “Hakim Termiziy ilmiy-maʼnaviy merosining bugungi kundagi ahamiyati” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya…

This page is currently available in Uzbek only.

Bugun, 20-noyabr kuni Termiz şahrida Hakim Termiziy tavalludining 1200 yilligiga baḡişlangan “Hakim Termiziy ilmiy-maʼnaviy merosining bugungi kundagi ahamiyati” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bōlib ōtdi.

Anjumanda Ōzbekiston hamda Malayziya, Misr, Qirḡiziston, Italiya, Suriya va Afḡoniston kabi xorijiy mamlakatlardan taşrif buyurgan taniqli olimlar, islomşunos tadqiqotçilar va ilmiy-tadqiqot markazlari vakillari iştirok etdi.

Konferensiya doirasida Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi yetakçi ilmiy xodimi Ahmad Saʼd Damanhuriy “Tasavvuf va şialik ōrtasidagi aloqadorlik: Hakim Termiziy misolida” mavzusida maʼruza qildi.

Şuningdek, anjumanning şō‘ba yiḡilişida markazning yetakçi ilmiy xodimi Zafar Faxriddinov Muhammad Hakim Termiziyning “ar-Radd ala-r-rofiza” asarida qōllagan kalomiy uslublari mavzusida ilmiy çiqiş qildi.

Mazkur xalqaro anjuman Hakim Termiziyning boy ilmiy-maʼnaviy merosini çuqur tadqiq etiş, allomaning islom ilm-fani taraqqiyotidagi ōrnini kengroq oçib beriş hamda xalqaro ilmiy hamkorlikni mustahkamlaşga xizmat qiladi.

News

Read also

All news
News

Iordaniyadagi ikki tomonlama uçraşuvlar

Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi vakillari Iordaniya Hoşimiylar Podşohligida ōtkazilayotgan Ōzbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoev asarlarining taqdimotlarida iştirok etmoqda. Taqdimotlar davomida Iordaniya…