Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bölimlari

This page is currently available in Uzbek only.

Moturidiylik taʼlimoti tadqiqotlari bölimi

Özbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi 2020 yilda Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi PQ-4802-sonli qarori asosida taşkil etilgan.
Markazning asosiy maqsadi buyuk mutafakkir ajdodimiz, moturidiylik taʼlimoti asosçisi Imom Abu Mansur Moturidiy va uning izdoşlari merosini çuqur örganiş, ularning aqida va kalom ilmi rivojiga qöşgan bebaho hissasini tadqiq etiş va keng tarğib qiliş milliy-diniy qadriyatlarimizni asrab-avaylaş va rivojlantiriş, şu asosda yoş avlodni ezgu umuminsoniy ğoyalar ruhida tarbiyalaş, ularda maʼnaviy va maʼrifiy qaraşlarimizga yot bölgan zararli taʼsirlarga qarşi mafkuraviy immunitetni kuçaytirişdan iborat.