News

Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Iordaniyaning «Oli al-Bayt» universiteti ōrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi vakillarining Iordaniya Hoşimiylar Podşohligiga taşrifi doirasida mamlakatning nufuzli oliy taʼlim muassasalaridan biri – «Oli al-Bayt» universiteti rahbariyati…

This page is currently available in Uzbek only.

Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi vakillarining Iordaniya Hoşimiylar Podşohligiga taşrifi doirasida mamlakatning nufuzli oliy taʼlim muassasalaridan biri – «Oli al-Bayt» universiteti rahbariyati bilan uçraşuv bōlib ōtdi.

Uçraşuvda ikki muassasa ōrtasida ilmiy-akademik hamkorlikni rivojlantiriş, Movarounnahr allomalarining boy ilmiy merosini birgalikda tadqiq etiş masalalarini muhokama qilindi.

Uçraşuv yakunida Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va «Oli al-Bayt» universiteti ōrtasida Anglaşuv memorandumi imzolandi.

Memorandum doirasida islom ilmlari va moturidiylik taʼlimotiga oid manbalarni birgalikda ōrganiş, qōlyozmalarning raqamli nusxalari va ilmiy maʼlumotlar almaşinuvini yōlga qōyiş, qōşma tadqiqotlar olib boriş, malaka oşiriş va stajirovka dasturlarini yōlga qōyiş hamda xalqaro konferensiya va seminarlar taşkil etiş hamkorlikning ustuvor yōnalişlari etib belgilandi.

Mazkur memorandum ikki muassasa ōrtasida uzoq muddatli ilmiy hamkorlikni mustahkamlaş, buyuk allomalarimizning ilmiy merosini xalqaro miqyosda keng tadqiq va tarḡib etiş uçun yangi imkoniyatlar yaratadi.

News

Read also

All news
News

Iordaniyadagi ikki tomonlama uçraşuvlar

Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi vakillari Iordaniya Hoşimiylar Podşohligida ōtkazilayotgan Ōzbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoev asarlarining taqdimotlarida iştirok etmoqda. Taqdimotlar davomida Iordaniya…