Xalqaro hamkorlik

Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga tashrif
Joriy yilning 8-iyul kuni Imom Buxoriy nomidagi xalqaro stipendiya dasturining sovrindorlari — Malayziya Fan universiteti doktori Suraya Ahmad hamda turkiyalik tadqiqotchilar Esra Yildiri va Aliye Merve Erfi Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga tashrif buyurdi.
Mehmonlar Markaz rahbariyati tomonidan kutib olindilar. Uchrashuv davomida Markaz faoliyati, uning asosiy yo‘nalishlari, amalga oshirilayotgan tadqiqotlar mavzulari haqida batafsil ma’lumot berildi. Xususan, suhbat mavzusi Markazning bo‘limlari faoliyati, xalqaro hamkorlikni kengaytirish borasida olib borilayotgan ishlar, shuningdek, mahalliy va xalqaro miqyosda erishilgan yutuq va natijalar haqida kechdi.
Muloqot chog‘ida xorijlik tadqiqotchilar o‘zlarini qiziqtirgan ko‘plab savollarga atroflicha javob oldilar. Jumladan, Imom Moturidiy merosini o‘rganish, uning ta’limotini bugungi kun yoshlariga yetkazish usullari, Markazning boshqa xalqaro ilmiy muassasalar bilan aloqalari va istiqboldagi qo‘shma loyihalar haqida fikr almashildi.
Markaz faoliyati mehmonlarda katta taassurot qoldirdi. Ular Markazning ilmiy salohiyati va olib borayotgan ishlarni yuqori baholadilar.
Tashrif yakunida mehmonlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.