News

Xalqaro hamkorlik

Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga tashrif Joriy yilning 8-iyul kuni Imom Buxoriy nomidagi xalqaro stipendiya dasturining sovrindorlari — Malayziya Fan universiteti doktori…

This page is currently available in Uzbek only.

Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga  tashrif

 Joriy yilning 8-iyul kuni  Imom Buxoriy nomidagi xalqaro stipendiya dasturining sovrindorlari — Malayziya Fan universiteti doktori Suraya Ahmad hamda turkiyalik tadqiqotchilar Esra Yildiri va Aliye Merve Erfi Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga tashrif buyurdi.

 Mehmonlar Markaz rahbariyati tomonidan kutib olindilar. Uchrashuv davomida Markaz faoliyati, uning asosiy yoʻnalishlari, amalga oshirilayotgan tadqiqotlar mavzulari haqida batafsil maʼlumot berildi. Xususan, suhbat mavzusi Markazning boʻlimlari faoliyati, xalqaro hamkorlikni kengaytirish borasida olib borilayotgan ishlar, shuningdek, mahalliy va xalqaro miqyosda erishilgan yutuq va natijalar haqida  kechdi.

Muloqot chogʻida xorijlik tadqiqotchilar oʻzlarini qiziqtirgan koʻplab savollarga atroflicha javob oldilar. Jumladan, Imom Moturidiy merosini oʻrganish, uning taʼlimotini bugungi kun yoshlariga yetkazish usullari, Markazning boshqa xalqaro ilmiy muassasalar bilan aloqalari va istiqboldagi qoʻshma loyihalar haqida fikr almashildi.

 Markaz faoliyati mehmonlarda katta taassurot qoldirdi. Ular Markazning ilmiy salohiyati va olib borayotgan ishlarni yuqori baholadilar.  

  Tashrif yakunida mehmonlarga esdalik sovgʻalari topshirildi.

News

Read also

All news
News

Parij Bosh masjidiga tashrif

9-oktyabr kuni Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Islom sivilizatsiyasi markazi vakillari Parij Bosh masjidiga tashrif buyurib, uning…