📞 +998 (71) 244-35-36 📍 Toshkent sh., Abdulla Qodiriy k-si, 11-uy

Xalqaro hamkorlik

✍️ O‘zbekiston delegatsiyasi Indoneziyadagi xalqaro konferensiyada ishtirok etmoqda

2025-yilning 3-iyul kuni Indoneziyaning Jakarta shahrida "Movarounnahrdan Janubi-Sharqiy Osiyoga: hadis ilmlari va intellektual aloqalar" mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi. 

 Ushbu nufuzli tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi, Imom Buxoriy, Imom Moturidiy, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi va O‘zbekiston musulmonlari idorasi, vakillaridan iborat delegatsiya qatnashmoqda.

 Tadbir ochilish marosimi bilan boshlanib, talabalar forumi, kitob va san’at asarlariF ko‘rgazmasi, O‘zbekiston va Indoneziya o‘rtasidagi do‘stlik aloqalarini tarannum etuvchi yangi badiiy film taqdimoti bilan davom etdi. Yakuniy marosimda esa taqdirlash marosimi, sovrinli o‘yinlar va stipendiya g‘oliblari e’lon qilindi.

Din ishlari vaziriligining ta’lim masalalari bo‘yicha bosh kotibi Arskal Salim o‘z chiqishida quyidagilarni ta’kidladi:
"Movarounnahr islom dunyosining gavhari, ilm-ma’rifat hisoblanadi. Muhammad Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino  ilm-fan va innovatsiyalarning bunyodkorlaridir. Islom faqat bir millat yoki hududga taalluqli e’tiqod emas, u butun insoniyatning mulki va dunyo xalqlari uning rivojiga katta hissa qo‘shganlar. Shu nuqtayi nazardan, islom dini Arabiston yarimorolida vujudga kelgan bo‘lsa ham uning nazariy taraqqiyoti Movarounnahr hududiga to‘g‘ri keladi. Ushbu konferensiya nafaqat bilim ulashadi, balki O‘zbekiston va Indoneziya o‘rtasidagi do‘stlik va o‘zaro hurmatga asoslangan hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga xizmat qilmoqda".

 Ushbu tadbir nafaqat Markaziy Osiyo va Janubi-Sharqiy Osiyo o‘rtasidagi fikriy va madaniy aloqalarni mustahkamlaydi, balki Islom ilm-faniga katta hissa qo‘shgan buyuk imomlar merosini ulug‘lash uchun muhim imkoniyatdir.