Новости

Xalqaro hamkorlik

✍️ Özbekiston delegatsiyasi Indoneziyadagi xalqaro konferensiyada iştirok etmoqda 2025-yilning 3-iyul kuni Indoneziyaning Jakarta şahrida "Movarounnahrdan Janubi-Şarqiy Osiyoga: hadis ilmlari va intellektual aloqalar"…

Эта страница пока доступна только на узбекском языке.

✍️ Özbekiston delegatsiyasi Indoneziyadagi xalqaro konferensiyada iştirok etmoqda

2025-yilning 3-iyul kuni Indoneziyaning Jakarta şahrida "Movarounnahrdan Janubi-Şarqiy Osiyoga: hadis ilmlari va intellektual aloqalar" mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bölib ötdi. 

 Uşbu nufuzli tadbirda Özbekiston Respublikasi Din işlari böyiça qömitasi, Imom Buxoriy, Imom Moturidiy, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari, Özbekiston xalqaro islomşunoslik akademiyasi va Özbekiston musulmonlari idorasi, vakillaridan iborat delegatsiya qatnaşmoqda.

 Tadbir oçiliş marosimi bilan boşlanib, talabalar forumi, kitob va sanʼat asarlariF körgazmasi, Özbekiston va Indoneziya örtasidagi döstlik aloqalarini tarannum etuvçi yangi badiiy film taqdimoti bilan davom etdi. Yakuniy marosimda esa taqdirlaş marosimi, sovrinli öyinlar va stipendiya ğoliblari eʼlon qilindi.

Din işlari vaziriligining taʼlim masalalari böyiça boş kotibi Arskal Salim öz çiqişida quyidagilarni taʼkidladi:
"Movarounnahr islom dunyosining gavhari, ilm-maʼrifat hisoblanadi. Muhammad Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino  ilm-fan va innovatsiyalarning bunyodkorlaridir. Islom faqat bir millat yoki hududga taalluqli eʼtiqod emas, u butun insoniyatning mulki va dunyo xalqlari uning rivojiga katta hissa qöşganlar. Şu nuqtayi nazardan, islom dini Arabiston yarimorolida vujudga kelgan bölsa ham uning nazariy taraqqiyoti Movarounnahr hududiga töğri keladi. Uşbu konferensiya nafaqat bilim ulaşadi, balki Özbekiston va Indoneziya örtasidagi döstlik va özaro hurmatga asoslangan hamkorlik aloqalarini rivojlantirişga xizmat qilmoqda".

 Uşbu tadbir nafaqat Markaziy Osiyo va Janubi-Şarqiy Osiyo örtasidagi fikriy va madaniy aloqalarni mustahkamlaydi, balki Islom ilm-faniga katta hissa qöşgan buyuk imomlar merosini uluğlaş uçun muhim imkoniyatdir.

Новости

Читайте также

Все новости
Новости

Parij Boş masjidiga taşrif

9-oktyabr kuni Din işlari böyiça qömita, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Islom sivilizatsiyasi markazi vakillari Parij Boş masjidiga taşrif buyurib, uning…