Xalqaro ilmiy hayʼat
Эта страница пока доступна только на узбекском языке.

Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi Xalqaro ilmiy hayʼati haqida
Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi qoşidagi Xalqaro ilmiy hayʼat moturidiylik taʼlimotini çuqur örgangan, dunyoda eʼtirof etilgan olim va mutaxassislarni özlarida jam qilgan. Hayʼat qarorlari tavsiyaviy harakterga ega. Asosiy maqsad – mötadil taʼlimotni keng tarğib qiliş, Markaz faoliyatini har tomonlama qöllab-quvvatlaş, jahonning eng ilğor tajribalarini Markaz faoliyatiga tatbiq etişga kömaklaşiş, islomşunoslik, xususan, moturidiyşunoslikka oid dolzarb masalalar böyiça ilmiy yeçim va amaliy taklif hamda tavsiyalar işlab çiqiş sanaladi. Xalqaro ilmiy hayʼat tarkibi 22 nafar bölib, ular tarkibida Misr, Turkiya, Iordaniya, Albaniya, Germaniya, Rossiya, Malayziya, Afğoniston, Qirğiziston, Özbekiston olim va mutaxassislar iştirok etadi. Rais – Özbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin Xoliknazarov sanaladi. Xalqaro ilmiy hayʼat nizomida Hayʼatning işçi tillari sifatida özbek, arab va ingliz tillari belgilangan. Xalqaro ilmiy hayʼatning birinçi yiğilişi 2021 yil 17 mart kuni bölib ötdi. Unda Hayʼat nizomi va tarkibini tasdiqlaş, islom olamida mötadil taʼlimotni keng tarğib qiliş, diniy taʼlim muassasalarida moturidiylik taʼlimoti öqitilişini yölga qöyiş, jahonning yetakçi ilmiy-tadqiqot muassasalari va mutaxassislar bilan hamkorlik qiliş, moturidiylik taʼlimotiga oid qölyozmalarni jamlaş, ularning elektron platformasini yaratiş, Imom Moturidiy nomidagi xalqaro stipendiya nizomini tasdiqlaş kabi masalalar körib çiqilgan.