Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi

Эта страница пока доступна только на узбекском языке.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil 11-avgustdagi PQ-4802 qarori bilan Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi huzurida Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tashkil etildi.

Markazda islom olamida keng tarqalgan ikki yirik aqidaviy taʼlimot: moturidiy va ashʼariyadan biri, Imom Moturidiy tomonidan asos solingan moturidiylik taʼlimoti, uning ahamiyati, bugungi kundagi oʻrni, bebaho asarlari va qoʻlyozmalari oʻrganiladi.

Markazga Oʻzbekiston va dunyoning moturidiyshunos olimlari, mutaxassislari jalb etilib, oʻz faoliyati doirasida quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:

– aqida va kalom ilmi rivojiga hissa qoʻshgan Imom Moturidiy va uning izdoshlari boʻlgan allomalarning xorijiy davlatlarning kutubxonalari va arxiv fondlarida saqlanayotgan ulkan ilmiy, diniy-maʼnaviy merosini chuqur oʻrganish, ular yaratgan asarlarning ilmiy-izohli tarjima va qiyosiy matnlarini nashr etish, xalq va jahon jamoatchiligi oʻrtasida keng targʻib qilish, ushbu mavzularga doir ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish;

– islom ilmlari, xususan, kalom ilmi tarixi va uning bugungi kundagi ahamiyatini ilmiy tadqiq etish sohasidagi xalqaro hamkorlikni kuchaytirish maqsadida ilmiy-nazariy va uslubiy masalalarga bagʻishlangan anjuman, konferensiya, simpozium, koʻrgazma, ilmiy maʼruza, seminar-trening va tanlovlar hamda boshqa madaniy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etish;

– islom tarixi va kalom ilmi yoʻnalishidagi yangi tadqiqotlar natijasi yuzasidan qomuslar, kataloglar, albomlar, ilmiy-ommabop hujjatli filmlar, axborot-resurs bazasini tayyorlash va OAV, xususan, Internet tarmogʻida eʼlon qilish.