Yangiliklar

Xalqaro hamkorlik

✍️ Oʻzbekiston delegatsiyasi Indoneziyadagi xalqaro konferensiyada ishtirok etmoqda 2025-yilning 3-iyul kuni Indoneziyaning Jakarta shahrida "Movarounnahrdan Janubi-Sharqiy Osiyoga: hadis ilmlari va intellektual aloqalar"…

✍️ Oʻzbekiston delegatsiyasi Indoneziyadagi xalqaro konferensiyada ishtirok etmoqda

2025-yilning 3-iyul kuni Indoneziyaning Jakarta shahrida "Movarounnahrdan Janubi-Sharqiy Osiyoga: hadis ilmlari va intellektual aloqalar" mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya boʻlib oʻtdi. 

 Ushbu nufuzli tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi, Imom Buxoriy, Imom Moturidiy, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari, Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi va Oʻzbekiston musulmonlari idorasi, vakillaridan iborat delegatsiya qatnashmoqda.

 Tadbir ochilish marosimi bilan boshlanib, talabalar forumi, kitob va sanʼat asarlariF koʻrgazmasi, Oʻzbekiston va Indoneziya oʻrtasidagi doʻstlik aloqalarini tarannum etuvchi yangi badiiy film taqdimoti bilan davom etdi. Yakuniy marosimda esa taqdirlash marosimi, sovrinli oʻyinlar va stipendiya gʻoliblari eʼlon qilindi.

Din ishlari vaziriligining taʼlim masalalari boʻyicha bosh kotibi Arskal Salim oʻz chiqishida quyidagilarni taʼkidladi:
"Movarounnahr islom dunyosining gavhari, ilm-maʼrifat hisoblanadi. Muhammad Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino  ilm-fan va innovatsiyalarning bunyodkorlaridir. Islom faqat bir millat yoki hududga taalluqli eʼtiqod emas, u butun insoniyatning mulki va dunyo xalqlari uning rivojiga katta hissa qoʻshganlar. Shu nuqtayi nazardan, islom dini Arabiston yarimorolida vujudga kelgan boʻlsa ham uning nazariy taraqqiyoti Movarounnahr hududiga toʻgʻri keladi. Ushbu konferensiya nafaqat bilim ulashadi, balki Oʻzbekiston va Indoneziya oʻrtasidagi doʻstlik va oʻzaro hurmatga asoslangan hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga xizmat qilmoqda".

 Ushbu tadbir nafaqat Markaziy Osiyo va Janubi-Sharqiy Osiyo oʻrtasidagi fikriy va madaniy aloqalarni mustahkamlaydi, balki Islom ilm-faniga katta hissa qoʻshgan buyuk imomlar merosini ulugʻlash uchun muhim imkoniyatdir.

Yangiliklar

Yana oʻqing

Barcha yangiliklar
Yangiliklar

Parij Bosh masjidiga tashrif

9-oktyabr kuni Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Islom sivilizatsiyasi markazi vakillari Parij Bosh masjidiga tashrif buyurib, uning…