Özbekiston delegatsiyasining Indoneziyaga taşrifi OAV diqqat markazida: "Mötabar taşrif" tafsilotlari
Özbekiston delegatsiyasining Indoneziyaga amalga oşirgan xizmat safari Indoneziya ommaviy axborot vositalarining katta eʼtiborini tortdi. Xususan, aswajatv.id hamda aspirasinusantara.id saytlarida taşrifga bağişlangan yangiliklar eʼlon qilindi.
Maqolalarda qayd etilişiça, Özbekiston delegatsiyasi Jakarta şahrida joylaşgan Indoneziyaning eng yirik islomiy taşkiloti &mdaş; "Nahdlatul ulamo" (PBNU) Boşqaruv kengaşida uçraşuv ötkazildi.
Uçraşuvda Din işlari böyiça qömita raisining birinçi örinbosari D.Maxsudov, Özbekistonning Indoneziyadagi Favqulodda va Muxtor Elçisi O.Eşonov, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Ş.Ziyodov, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktor örinbosari Ş.Islomov, Özbekiston xalqaro islomşunoslik akademiyasi prorektori I.Daminov va Imom Termiziy xalqaro markazi direktori örinbosari K.Jamahmatov iştirok etdi. Indoneziya tomondan esa "Nahdatul ulamo" taşkiloti Boşqaruv kengaşi aʼzolari, Şarif Hidoyatulloh universiteti rahbariyati qatnaşdi.
Garvard universiteti dinşunoslik yönalişi bitiruvçisi, Islom ilohiyotining rivojlaniş böyiça mutaxassis Ulil Abşar Abdalla Özbekiston delegatsiyasini qabul qilişdan juda mamnun ekanini bildirib uşbu uçraşuvni "mötabar taşrif" deb atadi. Ulil Abşarning sözlariga köra, Imom Moturidiyning ğoyalari "Nahdatul ulamo" taşkilotining diniy asosini taşkil etadi. Bu ğoyalar mötadil, inklyuziv va mahalliy madaniyatga mos keladigan yondaşuvga asoslanadi.
Delegatsiya taşrifi nafaqat Indoneziya musulmon jamoalari bilan döstlik riştalarini mustahkamlaş, balki Özbekistondagi tarixiy qadamjolarga ziyoratni taşkil etişda hamkorlikni yölga qöyiş maqsadini közlagani bilan ham ahamiyatlidir.
Uçraşuv yakunida Ulil Abşar islomşunoslik sohasidagi özbekistonlik tadqiqotçilarga Ulamolar Kengaşi taʼlim muassasalarida maxsus stipendiyalar ajratiş taklifini bildirdi. Bu esa ikki davlat örtasidagi taʼlim va ilmiy-maʼrifiy almaşinuvlarni yanada kengaytiriş uçun yangi imkoniyatlar eşigini oçadi.
