Yangiliklar

Yangiliklar

Oʻzbekiston delegatsiyasining Indoneziyaga tashrifi OAV diqqat markazida: "Moʻtabar tashrif" tafsilotlari Oʻzbekiston delegatsiyasining Indoneziyaga amalga oshirgan xizmat safari Indoneziya ommaviy axborot vositalarining katta…

 Oʻzbekiston delegatsiyasining Indoneziyaga tashrifi OAV diqqat markazida: "Moʻtabar tashrif" tafsilotlari

Oʻzbekiston delegatsiyasining Indoneziyaga amalga oshirgan xizmat safari Indoneziya ommaviy axborot vositalarining katta eʼtiborini tortdi. Xususan, aswajatv.id hamda aspirasinusantara.id saytlarida tashrifga bagʻishlangan  yangiliklar eʼlon qilindi.

Maqolalarda qayd etilishicha,  Oʻzbekiston delegatsiyasi Jakarta shahrida joylashgan Indoneziyaning eng yirik islomiy tashkiloti — "Nahdlatul ulamo" (PBNU) Boshqaruv kengashida uchrashuv oʻtkazildi.

 Uchrashuvda  Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisining birinchi oʻrinbosari D.Maxsudov, Oʻzbekistonning Indoneziyadagi Favqulodda va Muxtor Elchisi O.Eshonov, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Sh.Ziyodov, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktor oʻrinbosari Sh.Islomov, Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi prorektori I.Daminov va Imom Termiziy xalqaro markazi direktori oʻrinbosari K.Jamahmatov ishtirok etdi. Indoneziya tomondan esa  "Nahdatul ulamo" tashkiloti Boshqaruv kengashi aʼzolari, Sharif Hidoyatulloh universiteti rahbariyati qatnashdi.

Garvard universiteti dinshunoslik yoʻnalishi bitiruvchisi, Islom ilohiyotining rivojlanish boʻyicha mutaxassis Ulil Abshar Abdalla Oʻzbekiston delegatsiyasini qabul qilishdan juda mamnun ekanini bildirib ushbu  uchrashuvni "moʻtabar tashrif" deb atadi. Ulil Absharning soʻzlariga koʻra, Imom Moturidiyning gʻoyalari "Nahdatul ulamo" tashkilotining diniy asosini tashkil etadi. Bu gʻoyalar moʻtadil, inklyuziv va mahalliy madaniyatga mos keladigan yondashuvga asoslanadi. 

 Delegatsiya tashrifi nafaqat Indoneziya musulmon jamoalari bilan doʻstlik rishtalarini mustahkamlash, balki Oʻzbekistondagi tarixiy qadamjolarga ziyoratni tashkil etishda hamkorlikni yoʻlga qoʻyish maqsadini koʻzlagani bilan ham ahamiyatlidir.

Uchrashuv yakunida Ulil Abshar islomshunoslik sohasidagi oʻzbekistonlik tadqiqotchilarga Ulamolar Kengashi taʼlim muassasalarida maxsus stipendiyalar ajratish taklifini bildirdi. Bu esa ikki davlat oʻrtasidagi taʼlim va ilmiy-maʼrifiy almashinuvlarni yanada kengaytirish uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochadi.

Yangiliklar

Yana oʻqing

Barcha yangiliklar
Yangiliklar

Parij Bosh masjidiga tashrif

9-oktyabr kuni Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Islom sivilizatsiyasi markazi vakillari Parij Bosh masjidiga tashrif buyurib, uning…