📞 +998 (71) 244-35-36 📍 Toshkent sh., Abdulla Qodiriy k-si, 11-uy

“Erasmus” xalqaro dasturi bo‘yicha muloqot o‘tkazildi

2026 yil 7–11 iyul kunlari Toshkent, Samarqand va Termiz shaharlarida o‘tkazilgan I Xalqaro islom sivilizatsiyasi forumi doirasida Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi xorijlik nufuzli olimlar, ulamolar va akademik doira vakillari bilan muzokaralar o‘tkazdi. Ana shunday uchrashuvlardan biri niderlandiyalik moturidiyshunos olim Arnold Yosin Mol bilan bo‘lib o‘tdi.

Muloqotda Yevropada moturidiyshunoslikning bugungi holati, ushbu yo‘nalishda ilmiy faoliyat yuritayotgan tadqiqotchi va olimlar, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining “Erasmus+” dasturida ishtirok etishi istiqbollari muhokama qilindi.

Arnold Yosin Molning ta’kidlashicha, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining “Erasmus+” dasturida ishtirok etishi uning Yevropa davlatlaridagi ilmiy-madaniy muassasalar bilan hamkorlikka yo‘l ochadi.

Shuningdek, suhbat davomida Niderlandiyaning Layden universiteti hamda Rotterdam Islom amaliy fanlar universiteti (IUASR) bilan aloqalarni rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.