Новости

“Erasmus” xalqaro dasturi boʻyicha muloqot oʻtkazildi

2026 yil 7–11 iyul kunlari Toshkent, Samarqand va Termiz shaharlarida oʻtkazilgan I Xalqaro islom sivilizatsiyasi forumi doirasida Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi…

Эта страница пока доступна только на узбекском языке.

2026 yil 7–11 iyul kunlari Toshkent, Samarqand va Termiz shaharlarida oʻtkazilgan I Xalqaro islom sivilizatsiyasi forumi doirasida Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi xorijlik nufuzli olimlar, ulamolar va akademik doira vakillari bilan muzokaralar oʻtkazdi. Ana shunday uchrashuvlardan biri niderlandiyalik moturidiyshunos olim Arnold Yosin Mol bilan boʻlib oʻtdi.

Muloqotda Yevropada moturidiyshunoslikning bugungi holati, ushbu yoʻnalishda ilmiy faoliyat yuritayotgan tadqiqotchi va olimlar, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining “Erasmus+” dasturida ishtirok etishi istiqbollari muhokama qilindi.

Arnold Yosin Molning taʼkidlashicha, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining “Erasmus+” dasturida ishtirok etishi uning Yevropa davlatlaridagi ilmiy-madaniy muassasalar bilan hamkorlikka yoʻl ochadi.

Shuningdek, suhbat davomida Niderlandiyaning Layden universiteti hamda Rotterdam Islom amaliy fanlar universiteti (IUASR) bilan aloqalarni rivojlantirish masalalari koʻrib chiqildi.

Новости

Читайте также

Все новости
Новости

Parij Bosh masjidiga tashrif

9-oktyabr kuni Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Islom sivilizatsiyasi markazi vakillari Parij Bosh masjidiga tashrif buyurib, uning…