✍️ 2025-yilning 4-iyul kuni Indoneziyaning Jakarta shahrida "Movarounnahrdan Janubi-Sharqiy Osiyoga: hadis ilmlari va intellektual aloqalar" mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya oʻz ishini davom ettirdi.
Unda Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori oʻrinbosari Sh.Islomov "Imom Buxoriyning "Tarix-u-s-sagʻir" asari hadis ilmlari oid muhim manba" mavzusida maʼruza qildi. Maʼruzada Yangi Oʻzbekistonda Imom Buxoriy, Imom Moturidiy kabi buyuk alloma ajdodlarimiz ilmiy merosini oʻrganish va xalqimizga yetkazish boʻyicha amalga oshirilayotgan keng koʻlamli ishlar haqida batafsil maʼlumot berildi.
Indoneziya ilmiy jamoatchiligi Oʻzbekistonda Prezident Sh.Mirziyoyev tashabbuslari bilan dunyo ilm-fani rivojiga bemisl hissa qoʻshgan allomalarimiz ilmiy merosini oʻrganishga qaratilayotgan eʼtiborni yuksak baholadilar. Yangi ilmiy tadqiqot markazlarining bu boradagi faoliyati natijalarini eʼtirof etdilar.
