2025 yil 27 avgust kuni Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Turkiyaning Anqara Yildirim Boyazid universiteti hamkorligida "Yangi renessans sari" mavzusidagi onlayn ilmiy seminar bölib ötdi. Seminarda iştirokçilar islom tafakkuri tarixining eng yorqin siymolaridan biri Ibn Sino falsafasi va ilohiyotiga bağişlangan ikkita muhim maʼruzani tingladilar: "Ibn Sino falsafasining islom tafakkuriga taʼsiri" "Ibn Sino teologik qaraşlarida ratsional tafakkurning örni" Maʼruzalarda Ibn Sinoning ilm-fan, falsafa va teologiya sohalaridagi ulkan merosi, uning islom sivilizatsiyasiga körsatgan taʼsiri hamda uning aqlli fikrlaşga asoslangan yondaşuvlari atrofliça tahlil qilindi. Anqara Boyazid Yildirim universiteti professori Murat Demirkol öz sözida Ibn Sinodek buyuk şaxsiyat har qanday xalqning faxri bölişga arziydigan siymo ekani, şu jihatdan, özbek xalqi bunday buyuk ajdodi borligi bilan çeksiz iftixor tuyişini taʼkidladi. Iştirokçilar maʼruzaçilarga özlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, qizğin ilmiy munozara olib bordilar. Kelgusida ham Imom Moturidiy markazi va Anqara Yildirim Boyazid universiteti örtasidagi bunday ilmiy muloqotlarni davom ettiriş rejalaştirilgan. Bu saʼy-harakatlar xorijda buyuk ajdodlarimiz ilmiy merosini örganiş sohasidagi yangiliklar bilan mahalliy olim va tadqiqotçilarimizni taniştiriş va ilmiy hamkorlikni rivojlantirişga xizmat qiladi.
Özbekiston xalqaro islomşunoslik akademiyasida “Markaziy Osiyoda islom sivilizatsiyasi: ötmiş va hozirgi zamon” mavzusidagi VII xalqaro ilmiy-amaliy anjuman ötkazildi. Mazkur konferensiya Özbekiston xalqaro…
Bunday taqdimotlar orqali jahon hamjamiyati Özbekistonning betakror maʼnaviy salohiyati, şonli ötmişi, boy madaniy merosi, buyuk allomalarimizning jahon tamadduniga qöşgan beqiyos hissasidan yana…
Özbekiston xalqaro islomşunoslik akademiyasi hamda Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi örtasida «taʼlim – tadqiqot – amaliyot» integratsiyasini çuqurlaştiriş hamda zamonaviy dual taʼlim…