News

Yangiliklar

Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktor oʻrinbosari Sh.Islomov ayni vaqtda Din ishlari qoʻmitasi, Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi, Imom Buxoriy,…

This page is currently available in Uzbek only.

Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktor oʻrinbosari Sh.Islomov ayni vaqtda Din ishlari qoʻmitasi, Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi, Imom Buxoriy, Imom Moturidiy va Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari vakillaridan iborat Oʻzbekiston delegatsiyasi tarkibida Indoneziyada xizmat safarida boʻlib turibdi.

✅Xizmat safari davomida Indoneziya Bosh vaziri oʻrinbosari, Ijtimoiy himoya vaziri Muhaymin Iskandar, Indoneziya Ulamolar kengashi Bosh kotibi Amirshoh Tambunan, Nahdatul ulamo tashkilotining Oliy kengashi vakili Ulil Absor Abdulloh bilan uchrashuvlar oʻtkazildi.

Uchrashuvlar davomida ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish, bugungi kunning dolzarb mavzularida qoʻshma ilmiy loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Bosh vazir oʻrinbosari, Ijtimoiy himoya vaziri Muhaymin Iskandar Oʻzbekiston zaminidan yetishib chiqqan allomalarning ilmiy merosida ulugʻlangan umuminsoniy gʻoyalar bugungi globallashuv davrida ijtimoiy muammolarni hal etishda muhim ahamiyat kasb etishini taʼkidlab, Imom Buxoriy asarlarida yoritilgan maʼnaviy-axloqiy qadriyatlardan bugungi kunda Indoneziya jamiyatidagi muammoli masalalarni hal etishda unumli foydalaniyotganini maʼlum qildi.

Shuningdek, Nahdatul ulamo Oliy kengashi vakili Ulil Absor Abdulloh bugungi kunda Indoneziyalik oilalar oʻz farzandlariga Buxoriy, Moturidiy, Termiziy va Ulugʻbek kabi oʻzbek ismlarini qoʻyayotganini faxr bilan tilga oldi

News

Read also

All news
News

Parij Bosh masjidiga tashrif

9-oktyabr kuni Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Islom sivilizatsiyasi markazi vakillari Parij Bosh masjidiga tashrif buyurib, uning…