Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktor örinbosari Ş.Islomov ayni vaqtda Din işlari qömitasi, Özbekiston xalqaro islomşunoslik akademiyasi, Özbekiston musulmonlari idorasi, Imom Buxoriy, Imom Moturidiy va Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari vakillaridan iborat Özbekiston delegatsiyasi tarkibida Indoneziyada xizmat safarida bölib turibdi.
✅Xizmat safari davomida Indoneziya Boş vaziri örinbosari, Ijtimoiy himoya vaziri Muhaymin Iskandar, Indoneziya Ulamolar kengaşi Boş kotibi Amirşoh Tambunan, Nahdatul ulamo taşkilotining Oliy kengaşi vakili Ulil Absor Abdulloh bilan uçraşuvlar ötkazildi.
Uçraşuvlar davomida ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytiriş, bugungi kunning dolzarb mavzularida qöşma ilmiy loyihalarni amalga oşiriş masalalari muhokama qilindi.
Boş vazir örinbosari, Ijtimoiy himoya vaziri Muhaymin Iskandar Özbekiston zaminidan yetişib çiqqan allomalarning ilmiy merosida uluğlangan umuminsoniy ğoyalar bugungi globallaşuv davrida ijtimoiy muammolarni hal etişda muhim ahamiyat kasb etişini taʼkidlab, Imom Buxoriy asarlarida yoritilgan maʼnaviy-axloqiy qadriyatlardan bugungi kunda Indoneziya jamiyatidagi muammoli masalalarni hal etişda unumli foydalaniyotganini maʼlum qildi.
Şuningdek, Nahdatul ulamo Oliy kengaşi vakili Ulil Absor Abdulloh bugungi kunda Indoneziyalik oilalar öz farzandlariga Buxoriy, Moturidiy, Termiziy va Uluğbek kabi özbek ismlarini qöyayotganini faxr bilan tilga oldi
