Joriy yilning 29-sentyabr kuni Malayziya xalqaro islom universiteti professori Şukran Abdul Rahmon Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga taşrif buyurdi.
Uçraşuvda Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Malayziya xalqaro islom universiteti huzuridagi Islom tuşunçasi va sivilizatsiyasi instituti (ISTAC) örtasidagi ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantiriş, jumladan, qöşma ilmiy loyihalarni amalga oşiriş, dolzarb mavzularda konferensiya, seminar va davra suhbatlarini taşkil etiş masalalari muhokama qilindi.
Professor Şukran Abdul Rahmon Özbekiston Prezidentining BMT Boş Assambleyasi 80-yubiley sessiyasidagi nuqtini öqib çiqqani, unda oliy taʼlim sohasiga oid taşabbuslarni töliq qöllab-quvvatlaşini bildirib, bu ğoyalarni Malayziya ilmiy jamoatçiligiga ham yetkazişini qayd etdi.
Taʼkidlaş kerakki, Özbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil Malayziyaga amalga oşirgan taşrifidan söng Özbekiston va Malayziya ilmiy muassasalari örtasidagi hamkorlikni rivojlantiriş, ilmiy xodimlar almaşinuvini yölga qöyiş böyiça faoliyat yangi sifat bosqiçiga kötarildi.
