Joriy yilning 29-sentyabr kuni Malayziya xalqaro islom universiteti professori Shukran Abdul Rahmon Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga tashrif buyurdi.
Uchrashuvda Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Malayziya xalqaro islom universiteti huzuridagi Islom tushunchasi va sivilizatsiyasi instituti (ISTAC) oʻrtasidagi ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish, jumladan, qoʻshma ilmiy loyihalarni amalga oshirish, dolzarb mavzularda konferensiya, seminar va davra suhbatlarini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Professor Shukran Abdul Rahmon Oʻzbekiston Prezidentining BMT Bosh Assambleyasi 80-yubiley sessiyasidagi nuqtini oʻqib chiqqani, unda oliy taʼlim sohasiga oid tashabbuslarni toʻliq qoʻllab-quvvatlashini bildirib, bu gʻoyalarni Malayziya ilmiy jamoatchiligiga ham yetkazishini qayd etdi.
Taʼkidlash kerakki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil Malayziyaga amalga oshirgan tashrifidan soʻng Oʻzbekiston va Malayziya ilmiy muassasalari oʻrtasidagi hamkorlikni rivojlantirish, ilmiy xodimlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish boʻyicha faoliyat yangi sifat bosqichiga koʻtarildi.
