Anqara Yildirim Boyazid universitetida uçraşuv
Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi vakillarining Turkiyaga safari doirasida Anqara Yildirim Boyazid universiteti (AYBÜ) Ilohiyot fakultetida uçraşuv ötkazildi.
Unda AYBÜ Ilohiyot fakulteti dekani prof. dr. Nuri Adiguzel, fakultet professori Ahmet Yildirim hamda Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Komiljon Şermuxamedov, Markaz bölim boşliği Oybek Sotvoldiyev, Markazning Turkiyadagi maxsus vakili Abdumalik Töyçiboyev qatnaşdi.
Uçraşuvda ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini yanada takomillaştiriş yuzasidan çora-tadbirlar muhokama qilinib, 2026-2027-yillarga möljallangan qöşma yöl xaritasini imzolaş böyiça kelişuvga erişildi.
Yöl xaritasiga özaro hamkorlikda moturidiylik böyiça simpozium va konferensiyalar ötkaziş, universitet professor-öqituvçilarini Imom Moturidiy xalqaro stipendiyasiga jalb etiş, şuningdek, universitetning Ilohiyot fakultetida Özbekistondagi Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi xonasini taşkil etiş kabi masalalarni kiritiş belgilab olindi.
