News

Xalqaro hamkorlik

✍️ Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi xodimlari xalqaro ilmiy seminarda ishtirok etdilar 2025-yil 30-iyun kuni Malayziyaning Islom sivilizatsiyasi institutida Imom Moturidiy xalqaro…

This page is currently available in Uzbek only.

✍️ Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi xodimlari xalqaro ilmiy seminarda ishtirok etdilar

 2025-yil 30-iyun kuni Malayziyaning Islom sivilizatsiyasi institutida Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bilan hamkorlikda "Islom sivilizatsiyasi olimlari" mavzusidagi V xalqaro ilmiy seminar oʻtkazildi.

✔️Musulmon olimlarining ilm-fan, falsafa va sivilizatsiya rivojiga qoʻshgan hissasini oʻrganish va keng targʻib qilishga bagʻishlangan ilmiy tadbirda Oʻzbekiston tomonidan Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi, Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, Hadis ilmi maktabi professor-oʻqituvchilari, Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy, Imom Moturidiy va Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlarining ilmiy xodimlari ishtirok etdilar.

⌛️ Xususan, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazidan direktor oʻrinbosari Shahzod Islomov "Sulton Ulugʻbekning ilmiy qiyofasi" , boʻlim boshliqlari Zafar Faxriddinov "Muhammad Hakim Termiziyning aqidaviy qarashlari", Oybek Sotvoldiyev "Movarounnahrda islom ilmlarining shakllanishi va rivojlanishi" mavzularida maʼruza qildilar.

✏️Seminar maqsadi Oʻzbekiston hududida yetishib chiqqan ulamolarning islom sivilizatsiyasiga qoʻshgan beqiyos hissasi boʻyicha tadqiqotlar natijalarini almashish, Oʻzbekiston va Malayziyadagi yosh avlod uchun tarix va islom silsilasi haqidagi bilimlarni tarqatish, har ikki davlat institutlari oʻrtasidagi ilmiy hamkorlikni mustahkamlashdan iborat.

News

Read also

All news
News

Parij Bosh masjidiga tashrif

9-oktyabr kuni Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Islom sivilizatsiyasi markazi vakillari Parij Bosh masjidiga tashrif buyurib, uning…