✍️ Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi xodimlari xalqaro ilmiy seminarda iştirok etdilar
2025-yil 30-iyun kuni Malayziyaning Islom sivilizatsiyasi institutida Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bilan hamkorlikda "Islom sivilizatsiyasi olimlari" mavzusidagi V xalqaro ilmiy seminar ötkazildi.
✔️Musulmon olimlarining ilm-fan, falsafa va sivilizatsiya rivojiga qöşgan hissasini örganiş va keng tarğib qilişga bağişlangan ilmiy tadbirda Özbekiston tomonidan Özbekiston xalqaro islomşunoslik akademiyasi, Toşkent davlat şarqşunoslik instituti, Hadis ilmi maktabi professor-öqituvçilari, Özbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy, Imom Moturidiy va Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlarining ilmiy xodimlari iştirok etdilar.
⌛️ Xususan, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazidan direktor örinbosari Şahzod Islomov "Sulton Uluğbekning ilmiy qiyofasi" , bölim boşliqlari Zafar Faxriddinov "Muhammad Hakim Termiziyning aqidaviy qaraşlari", Oybek Sotvoldiyev "Movarounnahrda islom ilmlarining şakllanişi va rivojlanişi" mavzularida maʼruza qildilar.
✏️Seminar maqsadi Özbekiston hududida yetişib çiqqan ulamolarning islom sivilizatsiyasiga qöşgan beqiyos hissasi böyiça tadqiqotlar natijalarini almaşiş, Özbekiston va Malayziyadagi yoş avlod uçun tarix va islom silsilasi haqidagi bilimlarni tarqatiş, har ikki davlat institutlari örtasidagi ilmiy hamkorlikni mustahkamlaşdan iborat.
