📞 +998 (71) 244-35-36 📍 Toshkent sh., Abdulla Qodiriy k-si, 11-uy

Xalqaro hamkorlik

✍️ Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi xodimlari xalqaro ilmiy seminarda ishtirok etdilar

 2025-yil 30-iyun kuni Malayziyaning Islom sivilizatsiyasi institutida Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bilan hamkorlikda "Islom sivilizatsiyasi olimlari" mavzusidagi V xalqaro ilmiy seminar o‘tkazildi.

✔️Musulmon olimlarining ilm-fan, falsafa va sivilizatsiya rivojiga qo‘shgan hissasini o‘rganish va keng targ‘ib qilishga bag‘ishlangan ilmiy tadbirda O‘zbekiston tomonidan O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi, Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, Hadis ilmi maktabi professor-o‘qituvchilari, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy, Imom Moturidiy va Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlarining ilmiy xodimlari ishtirok etdilar.

⌛️ Xususan, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazidan direktor o‘rinbosari Shahzod Islomov "Sulton Ulug‘bekning ilmiy qiyofasi" , bo‘lim boshliqlari Zafar Faxriddinov "Muhammad Hakim Termiziyning aqidaviy qarashlari", Oybek Sotvoldiyev "Movarounnahrda islom ilmlarining shakllanishi va rivojlanishi" mavzularida ma’ruza qildilar.

✏️Seminar maqsadi O‘zbekiston hududida yetishib chiqqan ulamolarning islom sivilizatsiyasiga qo‘shgan beqiyos hissasi bo‘yicha tadqiqotlar natijalarini almashish, O‘zbekiston va Malayziyadagi yosh avlod uchun tarix va islom silsilasi haqidagi bilimlarni tarqatish, har ikki davlat institutlari o‘rtasidagi ilmiy hamkorlikni mustahkamlashdan iborat.