News

Turkiyada moturidiylik taʼlimotiga bagʻishlangan xalqaro simpozium

✍️2024-yilning 1-noyabr sanasida Turkiya Respublikasining Konya shahrida Saljuq universiteti va Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi hamkorligida oʻtkazilayotgan “Usmoniylar davrida hanafiylik-moturidiylik” mavzusidagi VI…

This page is currently available in Uzbek only.

✍️2024-yilning 1-noyabr sanasida Turkiya Respublikasining Konya shahrida Saljuq universiteti va Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi hamkorligida oʻtkazilayotgan “Usmoniylar davrida hanafiylik-moturidiylik” mavzusidagi VI xalqaro moturidiylik simpoziumi oʻz ishini boshladi.

Simpoziumda Turkiyaning Saljuq universiteti, Anqara universiteti, Sulaymon Demirel universiteti, 19-may universiteti, Hatay Mustafo Kamol universiteti, Anqara ijtimoiy fanlar universiteti, Istanbul madaniyat universiteti professor-oʻqituvchilari va tadqiqotchilari, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi xodimlari, Turkiya Diyonat ishlari boshqarmasi hamda Konya shahri maʼmuriyati masʼullari ishtirok etmoqdalar.

Simpozium doirasida Imom Moturidiyning hayoti va ilmiy merosi, u asos solgan moturidiylik taʼlimotining Usmoniylar imperiyasi diniy-ijtimoiy hayoti rivojida tutgan oʻrni, unga xos boʻlgan bagʻrikenglik va moʻtadillik tamoyillarining zamonaviy ahamiyati kabi moturidiylik taʼlimotini oʻrganishga oid bir qator muhim masalalar muhokama qilinadi.

News

Read also

All news
News

Parij Bosh masjidiga tashrif

9-oktyabr kuni Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Islom sivilizatsiyasi markazi vakillari Parij Bosh masjidiga tashrif buyurib, uning…