📞 +998 (71) 244-35-36 📍 Toshkent sh., Abdulla Qodiriy k-si, 11-uy

Turkiyada moturidiylik taʼlimotiga bagʻishlangan xalqaro simpozium

✍️2024-yilning 1-noyabr sanasida Turkiya Respublikasining Konya shahrida Saljuq universiteti va Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi hamkorligida oʻtkazilayotgan “Usmoniylar davrida hanafiylik-moturidiylik” mavzusidagi VI xalqaro moturidiylik simpoziumi oʻz ishini boshladi.

Simpoziumda Turkiyaning Saljuq universiteti, Anqara universiteti, Sulaymon Demirel universiteti, 19-may universiteti, Hatay Mustafo Kamol universiteti, Anqara ijtimoiy fanlar universiteti, Istanbul madaniyat universiteti professor-oʻqituvchilari va tadqiqotchilari, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi xodimlari, Turkiya Diyonat ishlari boshqarmasi hamda Konya shahri maʼmuriyati masʼullari ishtirok etmoqdalar.

Simpozium doirasida Imom Moturidiyning hayoti va ilmiy merosi, u asos solgan moturidiylik taʼlimotining Usmoniylar imperiyasi diniy-ijtimoiy hayoti rivojida tutgan oʻrni, unga xos boʻlgan bagʻrikenglik va moʻtadillik tamoyillarining zamonaviy ahamiyati kabi moturidiylik taʼlimotini oʻrganishga oid bir qator muhim masalalar muhokama qilinadi.