✍️2024-yilning 1-noyabr sanasida Turkiya Respublikasining Konya şahrida Saljuq universiteti va Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi hamkorligida ötkazilayotgan “Usmoniylar davrida hanafiylik-moturidiylik” mavzusidagi VI xalqaro moturidiylik simpoziumi öz işini boşladi.
Simpoziumda Turkiyaning Saljuq universiteti, Anqara universiteti, Sulaymon Demirel universiteti, 19-may universiteti, Hatay Mustafo Kamol universiteti, Anqara ijtimoiy fanlar universiteti, Istanbul madaniyat universiteti professor-öqituvçilari va tadqiqotçilari, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi xodimlari, Turkiya Diyonat işlari boşqarmasi hamda Konya şahri maʼmuriyati masʼullari iştirok etmoqdalar.
Simpozium doirasida Imom Moturidiyning hayoti va ilmiy merosi, u asos solgan moturidiylik taʼlimotining Usmoniylar imperiyasi diniy-ijtimoiy hayoti rivojida tutgan örni, unga xos bölgan bağrikenglik va mötadillik tamoyillarining zamonaviy ahamiyati kabi moturidiylik taʼlimotini örganişga oid bir qator muhim masalalar muhokama qilinadi.
