"Diniy taʼlim muassasalarida aqida fanini öqitişning dolzarb masalalari" mavzusida seminar-trening
2025-yil 29-sentyabr kuni Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan "Diniy taʼlim muassasalarida aqida fanini öqitişning dolzarb masalalari" mavzusidagi seminar-trening ötkazildi.
Uşbu tadbir Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi 68-son Farmonida belgilangan Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining diniy taʼlim muassasalariga ilmiy-tadqiqot va öquv-uslubiy masalalarda hamda pedagog kadrlar va diniy xodimlarning malakasini oşirib borişda amaliy yordam körsatiş böyiça yuklatilgan topşiriq ijrosi doirasida taşkil etildi.
Seminarda Markaz direktori K.Şermuxamedov sözga çiqib, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan moturidiylik taʼlimotini tadqiq etiş böyiça amalga oşirilayotgan loyihalar haqida maʼlumot berdi.
Şundan söng, Markaz bölim boşliği A. Alloqulov "Moturidiylik taʼlimotini öqitiş metodikasi" mavzusida maʼruza qildi. Maʼruzada moturidiylik taʼlimotining dolzarb masalalarini öqitişda zamonaviy pedagogik texnologiyalaridan foydalarişning ahamiyati haqida söz yuritildi.
Seminar savol-javoblarga boy böldi.
