"Diniy taʼlim muassasalarida aqida fanini oʻqitishning dolzarb masalalari" mavzusida seminar-trening
2025-yil 29-sentyabr kuni Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan "Diniy taʼlim muassasalarida aqida fanini oʻqitishning dolzarb masalalari" mavzusidagi seminar-trening oʻtkazildi.
Ushbu tadbir Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi 68-son Farmonida belgilangan Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining diniy taʼlim muassasalariga ilmiy-tadqiqot va oʻquv-uslubiy masalalarda hamda pedagog kadrlar va diniy xodimlarning malakasini oshirib borishda amaliy yordam koʻrsatish boʻyicha yuklatilgan topshiriq ijrosi doirasida tashkil etildi.
Seminarda Markaz direktori K.Shermuxamedov soʻzga chiqib, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan moturidiylik taʼlimotini tadqiq etish boʻyicha amalga oshirilayotgan loyihalar haqida maʼlumot berdi.
Shundan soʻng, Markaz boʻlim boshligʻi A. Alloqulov "Moturidiylik taʼlimotini oʻqitish metodikasi" mavzusida maʼruza qildi. Maʼruzada moturidiylik taʼlimotining dolzarb masalalarini oʻqitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalaridan foydalarishning ahamiyati haqida soʻz yuritildi.
Seminar savol-javoblarga boy boʻldi.
