Seminar

"Diniy ta’lim muassasalarida aqida fanini o‘qitishning dolzarb masalalari" mavzusida seminar-trening
2025-yil 29-sentyabr kuni Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan "Diniy ta’lim muassasalarida aqida fanini o‘qitishning dolzarb masalalari" mavzusidagi seminar-trening o‘tkazildi.
Ushbu tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi 68-son Farmonida belgilangan Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining diniy ta’lim muassasalariga ilmiy-tadqiqot va o‘quv-uslubiy masalalarda hamda pedagog kadrlar va diniy xodimlarning malakasini oshirib borishda amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha yuklatilgan topshiriq ijrosi doirasida tashkil etildi.
Seminarda Markaz direktori K.Shermuxamedov so‘zga chiqib, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan moturidiylik ta’limotini tadqiq etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyihalar haqida ma’lumot berdi.
Shundan so‘ng, Markaz bo‘lim boshlig‘i A. Alloqulov "Moturidiylik ta’limotini o‘qitish metodikasi" mavzusida ma’ruza qildi. Ma’ruzada moturidiylik ta’limotining dolzarb masalalarini o‘qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalaridan foydalarishning ahamiyati haqida so‘z yuritildi.
Seminar savol-javoblarga boy bo‘ldi.