News

Seminar

Taniqli moturidiyshunos olim, professor Hamza Bakriy ishtirokida malaka oshirish darslari boshlandi Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan taniqli moturidiyshunos olim, Istanbul universiteti…

This page is currently available in Uzbek only.

Taniqli moturidiyshunos olim, professor Hamza Bakriy ishtirokida malaka oshirish darslari boshlandi

 Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan taniqli moturidiyshunos olim, Istanbul universiteti Ilohiyot fakulteti professori, doktor Hamza Bakriy ishtirokida oʻquv seminari boshlandi.

 Seminarda doktor Hamza Bakriy XII asrda yurtimizda yashab ijod qilgan buyuk alloma Ab-u Bakr ibn Masʼud Kosoniyning "al-Muʼtamad fi-l-muʼtaqad" asarini sharhlab, ushbu asar asosida zamonaviy mutaassib oqimlarga ilmiy raddiya berish metodologiyasini tushuntirib berdi.

 Mazkur oʻquvlarda Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimlari, Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik  akademiyasi professor-oʻqituvchilari va tadqiqotchilari, Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom istituti, "Koʻkaldosh" oʻrta maxsus islom bilim yurti, Qozogʻiston va Qirgʻizistondan  diniy taʼlim muassasalarining aqida fani ustozlari, mutaxasislar ishtirok etmoqda.

 Oʻzaro bahs-munozara hamda savol-javobga boy oʻtgan maʼruza yakunida  ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollarga ilmiy asoslangan qoniqarli javoblarni oldilar.

News

Read also

All news
News

Parij Bosh masjidiga tashrif

9-oktyabr kuni Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Islom sivilizatsiyasi markazi vakillari Parij Bosh masjidiga tashrif buyurib, uning…