Taniqli moturidiyşunos olim, professor Hamza Bakriy iştirokida malaka oşiriş darslari boşlandi
Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan taniqli moturidiyşunos olim, Istanbul universiteti Ilohiyot fakulteti professori, doktor Hamza Bakriy iştirokida öquv seminari boşlandi.
Seminarda doktor Hamza Bakriy XII asrda yurtimizda yaşab ijod qilgan buyuk alloma Ab-u Bakr ibn Masʼud Kosoniyning "al-Muʼtamad fi-l-muʼtaqad" asarini şarhlab, uşbu asar asosida zamonaviy mutaassib oqimlarga ilmiy raddiya beriş metodologiyasini tuşuntirib berdi.
Mazkur öquvlarda Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimlari, Özbekiston xalqaro islomşunoslik akademiyasi professor-öqituvçilari va tadqiqotçilari, Imom Buxoriy nomidagi Toşkent islom istituti, "Kökaldoş" örta maxsus islom bilim yurti, Qozoğiston va Qirğizistondan diniy taʼlim muassasalarining aqida fani ustozlari, mutaxasislar iştirok etmoqda.
Özaro bahs-munozara hamda savol-javobga boy ötgan maʼruza yakunida iştirokçilar özlarini qiziqtirgan barça savollarga ilmiy asoslangan qoniqarli javoblarni oldilar.
