Taniqli moturidiyshunos olim, professor Hamza Bakriy ishtirokida malaka oshirish darslari boshlandi
Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan taniqli moturidiyshunos olim, Istanbul universiteti Ilohiyot fakulteti professori, doktor Hamza Bakriy ishtirokida oʻquv seminari boshlandi.
Seminarda doktor Hamza Bakriy XII asrda yurtimizda yashab ijod qilgan buyuk alloma Ab-u Bakr ibn Masʼud Kosoniyning "al-Muʼtamad fi-l-muʼtaqad" asarini sharhlab, ushbu asar asosida zamonaviy mutaassib oqimlarga ilmiy raddiya berish metodologiyasini tushuntirib berdi.
Mazkur oʻquvlarda Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimlari, Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi professor-oʻqituvchilari va tadqiqotchilari, Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom istituti, "Koʻkaldosh" oʻrta maxsus islom bilim yurti, Qozogʻiston va Qirgʻizistondan diniy taʼlim muassasalarining aqida fani ustozlari, mutaxasislar ishtirok etmoqda.
Oʻzaro bahs-munozara hamda savol-javobga boy oʻtgan maʼruza yakunida ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollarga ilmiy asoslangan qoniqarli javoblarni oldilar.
