Biz, 2026-yil 9-iyul kuni Samarqandda ötkazilgan “Imom Moturidiy merosi: mötadillik, bağrikenglik va ilm-maʼrifat poydevori” mavzusidagi xalqaro konferensiya iştirokçilari &ndaş; vazirlar, muftiylar, ulamolar, taʼlim muassasalari va ilmiy-tadqiqot markazlari rahbarlari, akademik doira vakillari konferensiya yakunlari böyiça uşbu deklaratsiyani yuksak masʼuliyat va yakdillik bilan qabul qilamiz.
Ğoyaviy ziddiyatlar, mafkuraviy xurujlar avj olgan bugungi globallaşuv davrida dunyoda tinçlik, ijtimoiy barqarorlik va sivilizatsiyalar örtasidagi özaro işonçni mustahkamlaşda Imom Moturidiy merosi beqiyos ahamiyat kasb etişini eʼtirof etgan holda, quyidagilarni taʼkidlaymiz:
- Imom Moturidiy ilgari surgan bağrikenglik, mötadillik va maʼrifat ğoyalari jamiyatda diniy-maʼnaviy barqarorlik hamda ahli sunna val jamoa eʼtiqodi musaffoligini taʼminlaşda mustahkam ğoyaviy poydevor bölib xizmat qiladi;
- Imom Moturidiy kalom ilmi tarixida eng yirik va atoqli mutakallimlardan biri sifatida ahli sunna val jamoa aqidaviy taʼlimotini tizimlaştirgan, uning nazariy asoslarini mustahkamlagan buyuk mutafakkir hisoblanadi;
- moturidiylik taʼlimoti aql va naql uyğunligini taʼminlagan mötadil islom tafakkurining yuksak namunasidir;
- Imom Moturidiy asos solgan taʼlimot inson qadri, adolat, masʼuliyat, diniy bağrikenglik va ijtimoiy hamjihatlik kabi umuminsoniy qadriyatlarni qaror toptirişda muhim ahamiyat kasb etadi;
- Imom Moturidiy merosi zamonaviy dunyoda ekstremizm, radikalizm va zöravonlik ğoyalariga qarşi kuraşning maʼrifiy asosi bölib xizmat qiladi.
Moturidiylik taʼlimoti, aşʼariylik aqidaviy maktabi bilan birga, ahli sunna val jamoaning yagona va buzilmagan eʼtiqodi hisoblanişini, mazkur taʼlimotning mötadillik va bağrikenglik xususiyati musulmon jamiyatlarini mutaassiblikning turli körinişlaridan himoya qiluvçi eng kuçli vosita ekanini alohida eʼtirof etgan holda, uni ommaviy axborot vositalari va taʼlim dasturlari orqali keng tarğib etiş dolzarb zarurat ekanini qatʼiy taʼkidlaymiz.
Biz, konferensiya iştirokçilari, moturidiylik taʼlimotining bağrikenglik, mötadillik va maʼrifat ğoyalarini jahon hamjamiyatiga yetkaziş maqsadida özaro ilmiy-madaniy hamkorlikni yanada jadallaştirişga kelişib oldik. Bu borada quyidagi strategik vazifalarni amalga oşirişni özimiz uçun birlamçi maqsad etib belgiladik:
- Imom Moturidiy va moturidiylik taʼlimotini çuqur örganiş, uni xalqaro miqyosda keng tarğib etiş böyiça Özbekiston Respublikasining Samarqand şahridagi Imom Moturidiy majmuasi tarkibida Imom Moturidiy innovatsion muzeyini taşkil etiş ezgu taşabbusini töliq qöllab-quvvatlaymiz;
- eʼtiqod musaffoligini taʼminlaş, turli radikal oqimlarning ğoyaviy xurujlariga qarşi ilmiy asoslangan raddiyalar beriş malakasiga ega bölgan yetuk mutaxassislarni tayyorlaş maqsadida diniy taʼlim muassasalarida falsafa, mantiq, psixologiya va kalom kabi fanlarni çuqurlaştirilgan holda öqitişni taşkil etiş taklifini ilgari suramiz;
- Imom Moturidiy işlab çiqqan maʼrifat nazariyasini çuqur örganiş, şu asosda yoşlarda ilm-fanga qiziqiş uyğotiş va Uçinçi Renessans poydevoriga asos solişni ustuvor vazifa deb belgilaymiz;
- biz, konferensiya iştirokçilari, Özbekiston Respublikasi Prezidenti, muhtaram Şavkat Mirziyoyev janobi oliylari tomonidan diniy-maʼrifiy sohada amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlarni, xususan, “Uçinçi Renessans” ğoyasini töliq qöllab-quvvatlaşimizni, uşbu ezgu taşabbusni röyobga çiqariş yölida butun bilim va kuç-ğayratimizni safarbar etişga tayyor ekanligimizni maʼlum qilamiz.
Biz uşbu deklaratsiya orqali butun islom olamini tinçlik, bağrikenglik va ilm-maʼrifat yölida birlaşişga daʼvat etamiz. Imom Moturidiy merosi &ndaş; bu ötmişning esdaligi emas, balki kelajak avlodlarni ezgulik va ilm-maʼrifat bilan tarbiyalaşning eʼtiqodiy manbaidir. Uşbu hujjatni xalqaro miqyosda tarğib qiliş va uning ijrosi yuzasidan doimiy hamkorlik qilişga barça iştirokçilar öz roziligini bildiradilar.
Biz işonç bilan taʼkidlaymizki, Imom Moturidiy merosi nafaqat musulmon jamiyatlari, balki butun insoniyat uçun tinçlik, adolat, bağrikenglik va maʼrifatga asoslangan barqaror taraqqiyotning muhim maʼnaviy poydevoridir.
Konferensiya iştirokçilari davlatlar, xalqaro taşkilotlar, ilmiy muassasalar va diniy-maʼrifiy markazlarni Imom Moturidiy ilmiy merosini çuqur örganiş, uning insonparvarlik mohiyatini keng tarğib qiliş hamda uşbu boy intellektual merosni kelajak avlodlarga yetkaziş yölida özaro hamkorlikni yanada mustahkamlaşga çaqiradilar.
Uşbu Deklaratsiya Samarqand şahrida qabul qilinib, Imom Moturidiy taʼlimoti asosida tinçlik, mötadillik, bağrikenglik va ilm-maʼrifat madaniyatini qaror toptirişga qaratilgan xalqaro hamkorlikning muhim dasturiy hujjati sifatida eʼtirof etiladi.
