Популярные статьи

Tenglik sari qadam: Yangi Özbekiston konstitutsiyasida ayollar huquqi

Xalqimiz azaldan ayolni oila parvonasi, millat tarbiyaçisi va jamiyat maʼnaviyatining ustuni sifatida ardoqlab kelgan. “Onasini eʼzozlagan el – el böladi”, deyişgan ajdodlarimiz.…

Эта страница пока доступна только на узбекском языке.

Xalqimiz azaldan ayolni oila parvonasi, millat tarbiyaçisi va jamiyat maʼnaviyatining ustuni sifatida ardoqlab kelgan. “Onasini eʼzozlagan el &ndaş; el böladi”, deyişgan ajdodlarimiz. Darhaqiqat, tarixga nazar taşlasak, Tömarisning jasorati, Bibixonimning davlatdorlik va bunyodkorlik qobiliyati, Nodirabegimning ijodiy merosi xalqimizning ayolga bölgan yuksak munosabatini namoyon etadi.

Islom taʼlimotida ham ayolga nisbatan ehtirom &mdaş; insoniylik mezoni. Payğambarimiz (s.a.v.) “Jannat onalar oyoği ostidadir” deganlari ayol qadrining eng yuksak ifodasidir. Imom Buxoriy rivoyat qilgan hadislarda esa: “Sizning eng yaxşingiz &ndaş; ayoliga yaxşilik qilganingizdir”, deyiladi. Bu ögitlar xalqning maişiy munosabatlaridan tortib ijtimoiy meʼyorlarigaça singib ketgan.

Yangi Özbekistonning Asosiy qonuni ana şu tarixiy va maʼnaviy ildizlarga tayangan holda, zamonaviy huquqiy meʼyorlarni özida mujassam etmoqda.

2023-yilda umumxalq referendumi natijasida qabul qilingan Özbekistonning yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi ayollarning jamiyatdagi örnini mustahkamlaşda milliy anʼanalarimiz va umuminsoniy qadriyatlarning özaro uyğunligini namoyon etadi. Zero, ayolning jamiyatdagi mavqei mustahkam bölişi nafaqat oila, balki butun mamlakat hayotining barqarorligi va maʼnaviy qiyofasini yuksaltiradi.

Şu bois, Boş qomusimizda xotin-qizlar huquqlarini himoya qiliş, ularning qadr-qimmatini uluğlaş davlat siyosatining ustuvor yönalişi sifatida belgilandi. Çunonçi, Konstitutsiyaning 19-moddasida insonlarning jinsidan qatʼi bir xil huquq va erkinliklarga ega ekanligi, qonun oldida tengligi qatʼiy muhrlab qöyilgan. Bu modda ayollarni har qanday kamsitişlardan himoya qilib, ularga erkaklar bilan bab-baravar jamiyat rivojiga hissa qöşiş imkonini beradi.

Ayollarni ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan qöllab-quvvatlaş xalqimizga xos ğamxörlikning amaliy körinişidir. Yangi Konstitutsiyaning 42-moddasi ayollarning mehnat qiliş huquqini himoyalaşga qaratilgan bölib, homiladorlik yoki farzand tarbiyasi sababli ularni işga qabul qilmaslik yoki işdan böşatiş kabi adolatsizliklarga çek qöyadi. Bu norma onalik va bolalikni muhofaza qiliş, ayolning oiladagi vazifalari bilan jamiyatdagi faolligini uyğunlaştirişga xizmat qiladi.

Şuningdek, Konstitutsiyaning 58-moddasi davlat va jamiyat boşqaruvida ayollarning faol iştiroki uçun keng yöl oçadi. Bugungi kunda taʼlim, tibbiyot, tadbirkorlik va davlat xizmatida xotin-qizlarimizning örni ortib borayotgani, ularning mamlakat taraqqiyotiga qöşayotgan hissasi yuksalayotgani buning yorqin dalilidir.

Mamlakatimizda qabul qilingan “Xotin-qizlar va erkaklar uçun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolati töğrisida”gi qonun (2019-yil) ham ayollarning jamiyatdagi mavqeini huquqiy jihatdan mustahkamlaşga xizmat qiluvçi asosiy hujjatlardan biridir. Davlat tomonidan “Ayollar va ularning oilalarini ijtimoiy-huquqiy qöllab-quvvatlaş markazlari”ning taşkil etilişi esa xotin-qizlarga kömak beriş, ularni tazyiq va zöravonliklardan himoya qilişda amaliy qadam böldi.

Yangi Özbekistonda ayollarga qaratilayotgan eʼtibor nafaqat qonunlarda, balki hayotiy raqamlarda ham öz ifodasini topmoqda. Bugungi kunda xotin-qizlarimiz davlat boşqaruvi, tadbirkorlik va ilm-fan sohalarida faol iştirok etmoqdalar.

Xususan, sönggi yillardagi islohotlar natijasida:

  • Oliy Majlis Qonunçilik palatasiga saylangan deputatlarning
    32 foizini ayollar taşkil etmoqda. Bu körsatkiç böyiça Özbekiston mintaqadagi yetakçi davlatlar qatoridan joy oldi va jahondagi örtaça körsatkiçdan yuqori natijani qayd etdi;
  • davlat va jamoat taşkilotlarida rahbarlik lavozimlarida işlayotgan xotin-qizlarning uluşi 33 foizga yetdi. Bu Konstitutsiyaning 58-moddasida belgilangan davlat boşqaruvida teng iştirok etiş huquqining amaliy isbotidir;
  • oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan talabalar orasida qizlarning uluşi qariyb 49-50 foizni taşkil qilmoqda. Eʼtiborli jihati, magistraturada öqiyotgan xotin-qizlarning kontrakt tölovlari davlat tomonidan qoplab berilayotgani ilm yölidagi minglab opa-singillarimizga katta rağbat böldi;
  • iqtisodiyot tarmoqlarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarning salkam 40 foizi xotin-qizlar hissasiga töğri kelmoqda. Bu ayollarning iqtisodiy mustaqilligini taʼminlaş yölidagi muhim qadamdir.

Afsuski, şunga qaramay, ayrim hollarda diniy tuşunçalarni notöğri talqin qiliş yoki eskiça qaraşlar tufayli ayollarning ilm oliş va kasb egallaş imkoniyatlari çeklanişi holatlari uçrab turadi. Vaholanki, ilm-maʼrifatga intiliş dinimizda ham farz, ham qarz hisoblanadi. Bu borada Payğambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam: “Ilm talab qiliş har bir musulmonga farzdir”, deya qatʼiy taʼkidlaganlar. Ulamolarimiz uşbu hadisdagi “musulmon” sözi umumiy maʼnoda kelgan bölib, u erkaklarga ham, ayollarga ham birdek tegişli ekanini bayon qilganlar. Şu bois, ayollarning huquqlarini taʼminlaş nafaqat qonuniy, balki diniy-maʼrifiy jihatdan ham muhim vazifa sifatida qaralmoqda.

Yangi tahrirdagi Konstitutsiya xotin-qizlar huquqlarini himoya qilişda tarixiy ahamiyatga ega hujjatdir. Unda belgilangan normalar xalqaro andozalarning kör-körona köçirmasi emas, balki ayollarga bölgan hurmat va ehtiromning huquqiy tildagi ifodasidir.

Ayol huquqlarini taʼminlaş &ndaş; bu oilalarning farovonligi, farzandlarning barkamol tarbiyasi va jamiyatning maʼnaviy yuksalişi demakdir. Zero, ayol qadrlangan yurtda tinçlik, baraka va taraqqiyot barqaror böladi. Konstitutsiyamiz va qonunlarimiz aynan şu ezgu maqsadga &ndaş; xotin-qizlarimizning baxtli hayotini taʼminlaşga xizmat qiladi.

Madina Jörayeva 
Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi katta ilmiy xodimi

Статьи

Читайте также

Все статьи
Популярные статьи

Muborak bayram – meros qadriyat

Har yili zulhijja oyining öninçi kunida dunyoning tört burçagida yaşovçi musulmonlar bir xil tuyğu – iymon va şukronalik ruhida bayram dasturxonini yozadilar,…

Популярные статьи

Maʼnaviy qudrat manbayi

XIV-XV asrlar Markaziy Osiyo tarixida Ikkinçi Renessans davri sifatida alohida örin tutadi. Uşbu tarixiy bosqiç nafaqat qudratli markazlaşgan davlat barpo etilgani, balki…