Parij shahridagi YUNESKO Bosh qarorgohida yurtimiz allomalari ilmiy merosiga bagʻishlab oʻtkazilayotgan xalqaro ilmiy konferensiya doirasida Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi vakillari ishtirokida ikki tomonlama uchrashuvlar boʻlib oʻtdi.

Xususan, YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi prezidenti Xondker Muhammad Talha bilan muloqot oʻtkazilib, YUNESKO kutubxonasiga «Imom Moturidiy: ilohiy hikmat izidan» kitob-albomi, «Abu Mansur Moturidiy: ilmiy merosi va hikmatlari» kitobi va boshqa nashrlar taqdim etildi.

Shuningdek, Oksford islom tadqiqotlari markazi direktori Farhan Nizomiy hamda Islom tarixi, sanʼati va madaniyatini tadqiq qilish markazi (IRCICA) bosh direktori Mahmud Erol Qilich bilan ham uchrashuvlar oʻtkazilib, Markaz nashrlari taqdim etildi.

Mazkur kitoblar Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining eng soʻnggi nashrlari boʻlib, ularda Imom Moturidiyning boy ilmiy-maʼnaviy merosining bugungi kundagi dolzarb ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan purmaʼno hikmatlari yoritilgan.
