📞 +998 (71) 244-35-36 📍 Toshkent sh., Abdulla Qodiriy k-si, 11-uy

YUNESKO Bosh qarorgohiga Imom Moturidiyning ilmiy merosiga bag‘ishlangan kitoblar taqdim etildi

Parij shahridagi YUNESKO Bosh qarorgohida yurtimiz allomalari ilmiy merosiga bag‘ishlab o‘tkazilayotgan xalqaro ilmiy konferensiya doirasida Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi vakillari ishtirokida ikki tomonlama uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Xususan, YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi prezidenti Xondker Muhammad Talha bilan muloqot o‘tkazilib, YUNESKO kutubxonasiga «Imom Moturidiy: ilohiy hikmat izidan» kitob-albomi, «Abu Mansur Moturidiy: ilmiy merosi va hikmatlari» kitobi va boshqa nashrlar taqdim etildi.

Shuningdek, Oksford islom tadqiqotlari markazi direktori Farhan Nizomiy hamda Islom tarixi, san’ati va madaniyatini tadqiq qilish markazi (IRCICA) bosh direktori Mahmud Erol Qilich bilan ham uchrashuvlar o‘tkazilib, Markaz nashrlari taqdim etildi.

Mazkur kitoblar Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining eng so‘nggi nashrlari bo‘lib, ularda Imom Moturidiyning boy ilmiy-ma’naviy merosining bugungi kundagi  dolzarb ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan purma’no hikmatlari yoritilgan.