Yangiliklar

Jenevada islom sivilizatsiyasining boy merosi xalqaro miqyosda taqdim etildi

2026-yil 22-oktyabr kuni butun dunyoda diplomatiya, tinçlik va insonparvarlik markazi bölgan Şveysariyaning Jeneva şahridagi BMT qarorgohida «Islom sivilizatsiyasi: Movarounnahrning buyuk maʼnaviy-ilmiy merosi…

2026-yil 22-oktyabr kuni butun dunyoda diplomatiya, tinçlik va insonparvarlik markazi bölgan Şveysariyaning Jeneva şahridagi BMT qarorgohida «Islom sivilizatsiyasi: Movarounnahrning buyuk maʼnaviy-ilmiy merosi va maʼrifatning ufqlari» mavzusida xalqaro ilmiy konferensiya bölib ötdi.

Taʼkidlaş joizki, 2025-yil sentyabr oyida BMT Boş Assambleyasining 80-sessiyasida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Imom Buxoriy, Imom Termiziy va Imom Moturidiyning boy ilmiy-maʼnaviy merosini BMT kabi xalqaro maydonlarda keng taqdim etiş taşabbusini ilgari surgan edi.

2026-yil 7-oktyabr kuni YUNESKOning Parijdagi Boş qarorgohida ötkazilgan xalqaro taqdimotdan keyin Jeneva şahridagi BMT qarorgohida taşkil etilgan mazkur konferensiya ham uşbu xayrli taşabbusning izçil davomi böldi.

Anjumanda BMTning Jenevadagi bölinmasi Boş direktori Tatyana Valovaya, Özbekistonning BMTning Jenevadagi bölinmasi doimiy vakili Eldiyor Toşmatov, Özbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Firdavs Abduxoliqov, Inson huquqlari böyiça Özbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Akmal Saidov, Jeneva diplomatik markazi raisi Robert Blyum, Özbekiston Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti Bahrom Abduhalimov, Din işlari qömitasi raisining birinçi örinbosari Davronbek Mahsudov, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Komiljon Şermuxamedov, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori örinbosari Otabek Muhammadiyev şuningdek, mahalliy va xorijiy olimlar hamda xalqaro taşkilotlar vakillari öz maʼruzalari bilan iştirok etdi.

Anjuman dasturidan islom sivilizatsiyasi va buyuk allomalar merosiga bağişlangan ilmiy maʼruzalar, videoroliklar va muhokamalar örin oldi.

Özbekistonning global miqyosdagi tinçliksevar va maʼrifiy taşabbuslarini jahon hamjamiyatiga yetkaziş xalqaro maydonda ilmiy-madaniy aloqalarni yanada mustahkamlaş hamda bağrikenglik ğoyalarini global darajada kuçaytirişga xizmat qiladi.

Yangiliklar

Yana öqing

Barça yangiliklar