"Jaholatga qarshi maʼrifat" tadbirlari davom etmoqda
Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasida yoshlarni sogʻlom fikrli va mustahkam eʼtiqodli qilib tarbiyalashga qaratilgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi katta ilmiy xodimi Ixtiyor Abduraxmonov ishtirok etib, "Jaholatga qarshi – maʼrifat bilan kurash!" va "Inson huquqlarining ustuvorligi – taraqqiyot poydevori" mavzularida maʼruza oʻqidi.
Maʼruzada bugungi kunda yoshlar ongini turli zararli gʻoyalar va yot taʼsirlardan asrash, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashning ahamiyati haqida soʻz bordi. Shuningdek, inson huquqlari va erkinliklarini taʼminlash, jamiyat taraqqiyotida maʼnaviyatning oʻrni, yoshlarning barkamol shaxs boʻlib ulgʻayishida ilm-maʼrifatning ahamiyati alohida taʼkidlandi.
Tadbir jarayonida talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.
