News

Yangiliklar

Markaz xodimi xalqaro anjumanda ishtirok etmoqda Joriy yilning 14-16-oktyabr kuni Samarqanddagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida "Qoʻlyozma manbalar madaniyati" III xalqaro simpoziumi…

This page is currently available in Uzbek only.

Markaz xodimi xalqaro anjumanda ishtirok etmoqda

 Joriy yilning 14-16-oktyabr kuni Samarqanddagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida  "Qoʻlyozma manbalar madaniyati" III xalqaro simpoziumi va uning doirasida "Qoʻlyozma asarlarga egalik va ularning yoyilishi: Imom Buxoriy va hadis qoʻlyozmalari" mavzusidagi xalqaro anjuman boʻlib oʻtmoqda.

 Anjuman ishida mahalliy va xorijiy tadqiqotchilar, ilmiy markazlar vakillari, jumladan, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori oʻrinbosari ham ishtirok etmoqda. Tadbirda Imom Buxoriyning boy ilmiy merosini chuqur oʻrganish va qoʻlyozma manbalarni asrab-avaylashning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

 Xususan, tadbir dasturi doirasida Sh. Islomov oʻzining "Imom Buxoriyning "Al-Qiroat-u xolfa-l-imam" asarida fiqhiy masalalar tahlili" mavzusidagi maʼruzasi bilan qatnashib, buyuk muhaddisning fiqh ilmiga qoʻshgan hissasini qoʻlyozma manbalar asosida chuqur tahlil qilib berdi.

News

Read also

All news
News

Parij Bosh masjidiga tashrif

9-oktyabr kuni Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Islom sivilizatsiyasi markazi vakillari Parij Bosh masjidiga tashrif buyurib, uning…