News

Xalqaro hamkorlik

✍️ Ekstremizmga qarshi kurash boʻyicha al-Аzhar observatoriyasiga tashrif Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi delegatsiyasi Misrdagi “Ekstremizmga qarshi kurash boʻyicha al-Аzhar observatoriyasi” faoliyati…

This page is currently available in Uzbek only.

✍️ Ekstremizmga qarshi kurash boʻyicha al-Аzhar observatoriyasiga tashrif 

 Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi delegatsiyasi Misrdagi “Ekstremizmga qarshi kurash boʻyicha al-Аzhar observatoriyasi” faoliyati bilan tanishdi. 

 Uchrashuvda muassasa direktori, doktor Riham Аbdulloh tomonidan Observatoriyaning asosiy missiyasi hisoblangan – islom diniga yot boʻlgan gʻoyalarni kuzatib borish, tahlil qilish va ularga qarshi ilmiy asoslangan raddiyalar berish tizimi boʻyicha taqdimot qilindi. 

 Xususan, bugungi kunda eng dolzarb masalaga aylangan xorijiy axborot makonida yoshlar ongini zaharlashga qaratilgan xurujlarga qarshi kurashish mexanizmlari muhokama markazida boʻldi.

 Uchrashuv yakunida ikki tomon oʻrtasida oʻzaro hamkorlik aloqalarini oʻrnatish maqsadida Аnglashuv memorandumini imzolash hamda kelgusidagi qoʻshma loyihalarni oʻz ichiga olgan «Yoʻl xaritasi»ni ishlab chiqishga kelishib oldilar.

Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi Matbuot xizmati

News

Read also

All news
News

Parij Bosh masjidiga tashrif

9-oktyabr kuni Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Islom sivilizatsiyasi markazi vakillari Parij Bosh masjidiga tashrif buyurib, uning…