Ayni vaqtda Turkiya safarida bölib turgan Markaz xodimlari Saljuq universitetining Ilohiyot fakultetida böldilar.
Taşrif davomida fakultet dekani professor, doktor Yusuf Ajar bilan ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini yangi bosqiçga olib çiqiş hamda kelgusida amalga oşiriladigan işlarning yönalişlarini belgilab oliş yuzasidan uçraşuv ötkazildi.
Uçraşuvda Turkiya tomonidan Saljuq universiteti huzuridagi Imom Moturidiy tadqiqotlar markazi direktori professor, doktor Muhammad Raşid Akpinar, fakultet professor-öqituvçilari, jumladan, dotsent, doktor Husayn Aydin, dotsent, doktor Umar Faruq Akpinar, doktor Eset Sabirli iştirok etdi.
Ilohiyot fakulteti professori, doktor Yusuf Ajar Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bilan hamkorlikda amalga oşirilayotgan işlar, jumladan, hamkorlikda muntazam ravişda ötkazib kelinayotgan silsilaviy xalqaro simpoziumlar Imom Moturidiy va moturidiylik taʼlimotini örganiş va uni keng tarğib qilişda muhim ahamiyat kasb etayotganini taʼkidlab ötdi.
Özbekistonda allomalar, xususan, Imom Moturidiy hayoti va ilmiy merosini örganişga ulkan eʼtibor qaratilayotganiga urğu berildi.
Öz navbatida Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktor örinbosari Aziz Tajiyev hamkorlikni yangi bosqiçga kötariş, qöşma ilmiy loyihalar miqdori va kölamini yanada kengaytiriş, Markaz faoliyatini Turkiyada keng tarğib qiliş zaruratini taʼkidlab ötdi. Şuningdek, Markaz tomonidan naşr qilingan “Kitob at-tavhid” va “Risola fi-t-tavhid” asarlarining zamonaviy naşrlari taqdim qilindi.
Uçraşuvda tomonlar hamkorlikni yanada rivojlantiriş, xodimlarning doimiy almaşinuvini yölga qöyiş, bir qator qöşma ilmiy loyihalarni amalga oşirişga kelişib oldilar.
Uçraşuv yakunida özaro esdalik sovğalari almaşildi.
