News

Indoneziya xalqi Oʻzbekistonni muqaddas yurt deb biladi va Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qilish ularning orzusi

– Indoneziyada qadim Movarounnahr allomalari katta ehtirom bilan tilga olinadi. Ular islom ilm-fani rivojiga beqiyos hissa qoʻshgan. Oʻzbekiston deganda koʻz oldimizga Gʻarbda…

This page is currently available in Uzbek only.

– Indoneziyada qadim Movarounnahr allomalari katta ehtirom bilan tilga olinadi. Ular islom ilm-fani rivojiga beqiyos hissa qoʻshgan.

Oʻzbekiston deganda koʻz oldimizga Gʻarbda Avitsenna nomi bilan shuhrat qozongan, "Tib qonunlari" asarining muallifi Ibn Sino, algebra fanining asoschisi Al Xorazmiy, hadis ilmining sultoni Imom Buxoriy va boshqa koʻplab buyuk olimlar, ulamo va faylasuflar keladi. Indoneziya xalqi Oʻzbekistonni muqaddas yurt deb biladi. Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qilish har bir indoneziyalik musulmonning orzusi.

Nur Movarounnahrdan chiqqan. Ilm nuri oʻsha hududdan tarqalgan. Oʻzbekiston dunyo islom sivilizatsiyasi rivojiga ulkan hissa qoʻshgan davlat sifatida eʼtirof etiladi.

Eka Shanti Rofi, "Kalimantan post" gazetasi bosh muharriri:

– Imom Buxoriy ilmiy merosini targʻib qilishni hayotimning bosh gʻoyasi, mazmun-mohiyati deb bilaman. Oʻzbekiston islom ilm-fani va madaniyatiga ulkan hissa qoʻshgan koʻplab buyuk zotlarni tarbiyalagan moʻtabar zamin. Bu yurtning har qarich yeri muqaddas, har goʻshasi moʻtabar.

Yuzlab, hatto minglab ulamolarning aynan Oʻzbekistondan yetishib chiqishining siri nimada?" – degan savol meni uzoq yillardan beri oʻylantirib kelar edi. Yurtingizga tashrifim davomida bu jumboqning javobini topgandek boʻldim. Alloh taolo aziz qilgan Vataningiz har qanday insonni oʻziga maftun etadi. Tanti va mehmondoʻst oʻzbek xalqini taʼriflashga til ojiz. Men Oʻzbekistonga tashrif buyursam, oʻzimni xuddi ona Vatanimda yurgandek his etaman. Oʻzbekistonda ilm va maʼrifat nurini his qildim. Bu nur bugun butun dunyo, jumladan, Indoneziya uchun ham gʻoyat muhim deb hisoblayman. Oʻzbekistondan biror mehmon Indoneziyaga tashrif buyursa, goʻyoki Imom Buxoriylar, Moturidiylar, Termiziylarning maʼrifat nurini Vatanimga olib kelgandek boʻladi. Indoneziya bu maʼrifat ziyosidan kuch oladi.

Mamlakatingiz ziyorat turizmi sohasida gʻoyat ulkan salohiyatga ega. Bu imkoniyatni ishga solgan holda indoneziyalik sayyohlarning Oʻzbekistonga tashrifini uyushtirsak, ikki mamlakat uchun ham foydali boʻlar edi. Buxoro, Samarqand, Xiva kabi tarixiy shaharlarni ziyorat qilishni, umri islom maʼrifati yoʻlida oʻtgan buyuk allomalarning maqbaralarini borib koʻrishni har bir indoneziyalik orzu qiladi. Buning uchun esa bor kuch va imkoniyatlarimizni ishga solishimiz darkor. Men bunga doim tayyorman.

Manba:"Dunyo" AA

News

Read also

All news
News

Parij Bosh masjidiga tashrif

9-oktyabr kuni Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Islom sivilizatsiyasi markazi vakillari Parij Bosh masjidiga tashrif buyurib, uning…