News

Fransiya Milliy kutubxonasida özaro hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

9-oktyabr kuni Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Din işlari böyiça qömita va Islom sivilizatsiyasi markazi vakillari Fransiya Milliy kutubxonasida uçraşuv ötkazdi. XV…

This page is currently available in Uzbek only.

9-oktyabr kuni Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Din işlari böyiça qömita va Islom sivilizatsiyasi markazi vakillari Fransiya Milliy kutubxonasida uçraşuv ötkazdi.

XV asrda taşkil etilgan dunyodagi eng qadimgi kutubxona jahon yozma merosining yirik xazinalaridan biri bölib, unda bugungi kunda 16 million kitob va töplam hamda 380 ming qölyozma saqlanmoqda. Uning fondlarida Movarounnahr allomalarining köplab asarlari ham mavjud.

Kutubxonaning Şarq qölyozmalari bölimi boşliği Loran Erişe, bölim boş muhofizi Xolid Çakor hamda Osiyo bilan aloqalar böyiça loyiha menejeri Alis Şevriye bilan muloqotda allomalarimizning Fransiyada saqlanayotgan ilmiy merosini örganiş böyiça hamkorlik istiqbollari körib çiqildi.

Xususan, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bilan hamkorlikda Parij Milliy kutubxonasida saqlanayotgan movarounnahrlik allomalar qalamiga mansub qölyozmalarni aniqlaş hamda ularning katalogini yaratiş böyiça qöşma ilmiy loyihalarni amalga oşiriş, ikki tomonlama özaro Anglaşuv memorandumi imzolaş taklif etildi.

Taşrif davomida delegatsiya aʼzolari Qölyozmalar fondida saqlanayotgan nodir manbalar bilan bevosita tanişiş imkoniga ega böldilar.

Uçraşuv yakunida kutubxona fondiga Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Islom sivilizatsiyasi markazining naşrlari taqdim etildi.

News

Read also

All news
News

Parij Boş masjidiga taşrif

9-oktyabr kuni Din işlari böyiça qömita, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Islom sivilizatsiyasi markazi vakillari Parij Boş masjidiga taşrif buyurib, uning…