Popular articles

Yangi özbekistonda eʼtiqod erkinligi va ilmiy renessans

Özbekiston zamini azaldan turli madaniyatlar va dinlar tutaşgan çorraha, buyuk sivilizatsiyalar beşigi bölib kelgan. Xalqimiz qon-qoniga singib ketgan bağrikenglik, özgalar fikriga hurmat…

This page is currently available in Uzbek only.

Özbekiston zamini azaldan turli madaniyatlar va dinlar tutaşgan çorraha, buyuk sivilizatsiyalar beşigi bölib kelgan. Xalqimiz qon-qoniga singib ketgan bağrikenglik, özgalar fikriga hurmat va ilm-maʼrifatga intiliş bugungi Yangi Özbekiston siyosatining özagini taşkil etadi. Yangi Özbekistonda amalga oşirilayotgan islohotlar diniy qadriyatlarimizni tiklaş, vijdon erkinligini taʼminlaş va buyuk ajdodlarimizning ilmiy merosini dunyoga tanitişni yangi bosqiçga olib çiqdi. Bu jarayonlar şunçaki ijtimoiy taşabbus emas, balki Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bilan mustahkamlangan huquqiy poydevorga egadir.

Demokratik jamiyatning eng muhim belgilaridan biri bu &ndaş; insonning ruhiy va maʼnaviy olami daxlsizligidir. Boş qomusimiz bu borada xalqaro standartlarga töla mos keluvçi normalarni özida jamlagan.

Konstitutsiyamizning 33-moddasida belgilangan “Har kim fikrlaş, söz va eʼtiqod erkinligi huquqiga ega” degan norma fuqarolarning nafaqat öz qaraşlariga ega bölişini, balki uni oçiq bayon eta olişini kafolatlaydi. Bu ilmiy tadqiqotlar erkinligi va diniy manbalarni örganişda muhim omil hisoblanadi.

Şuningdek, 35-modda jamiyatdagi ijtimoiy-maʼnaviy barqarorlikning garovi bölmiş vijdon erkinligini taʼminlaydi: “Hamma uçun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har kim xohlagan dinga eʼtiqod qiliş yoki heç qaysi dinga eʼtiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qaraşlarni majburan singdirişga yöl qöyilmaydi”. Uşbu moddaning ahamiyati şundaki, u jamiyatda diniy mutaassiblikka ham, radikal ateistik bosimga ham yöl qöymaydi. Har bir fuqaro öz eʼtiqodini erkin tanlaş huquqiga ega bölib, bu turli konfessiya vakillari örtasida özaro hurmat va tinç-totuvlik muhitini yaratadi.

Dunyoviy davlatda din va davlat munosabatlari xassos va muhim masaladir. Özbekiston modelida bu munosabatlar konstruktiv hamkorlik va qonun ustuvorligi asosiga qurilgan. Konstitutsiyaning 75-moddasi bu balansni aniq belgilab beradi: “Diniy taşkilotlar davlatdan ajratilgan hamda qonun oldida tengdirlar. Davlat diniy taşkilotlarning faoliyatiga aralaşmaydi. Davlat qonunda belgilangan tartibda faoliyat körsatayotgan diniy taşkilotlar faoliyatining erkinligini kafolatlaydi”.

Bu şuni anglatadiki, davlat diniy taşkilotlarning içki işlariga, ibodat tartib-qoidalariga aralaşmaydi, aksinça, ularning emin-erkin faoliyat yuritişi uçun huquqiy asos yaratadi. Natijada, bugungi kunda yurtimizda masjidlar, çerkovlar va boşqa ibodatxonalar öz faoliyatini erkin amalga oşirmoqda, fuqarolarimiz ibodatlarini xotirjam ado etmoqdalar.

Qonuniy erkinliklar amaliy islohotlar bilan hamohangdir. Yurtimizda «Jaholatga qarşi &ndaş; maʼrifat» ğoyasi asosida diniy taʼlim tizimi takomillaştirildi. Bugun Özbekistonda Imom Buxoriy nomidagi Toşkent islom instituti, Hadis ilmi maktabi, Mir Arab oliy madrasasi kabi nufuzli oliy diniy taʼlim muassasalari bilan bir qatorda, diniy va dunyoviy ilmlarni uyğunlaştirgan Özbekiston xalqaro islomşunoslik akademiyasi faoliyat yuritmoqda.

Ayniqsa, xalqaro miqyosdagi ilmiy-tadqiqot markazlarining taşkil etilişi Uçinçi Renessans poydevorini qurişda strategik qadam böldi. Samarqandda Imom Buxoriy, Toşkent şahrida Imom Moturidiy, Surxondaryoda Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari, Buxoroda Bahouddin Naqşband ilmiy-tadqiqot markazining taşkil etilişi dunyo hamjamiyati tomonidan yuksak baholandi.

Toşkentda barpo etilgan muazzam Islom sivilizatsiyasi markazi esa ayniqsa eʼtiborga loyiqdir. Bu markaz nafaqat muzey, balki islom olamining buyuk mutafakkirlari, ularning aniq va tabiiy fanlar rivojiga qöşgan hissasini örganuvçi global platformaga aylanmoqda.

Bizning zaminimizda minglab nodir qölyozmalar saqlanib qolgan bölib, ular hali töliq örganilmagan xazinadir. Bu boylikni asraş va tadqiq etiş masalasi Konstitutsiyaning 61-moddasida qatʼiy belgilab qöyilgan: “Fuqarolar Özbekiston xalqining tarixiy, maʼnaviy, madaniy, ilmiy va tabiiy merosini asrab-avaylaşi şart. Tarixiy, maʼnaviy, madaniy, ilmiy va tabiiy meros davlat tomonidan muhofaza qilinadi”.

Mazkur modda ijrosini taʼminlaş maqsadida, yuqorida nomlari zikr etilgan markazlarda, xususan, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida keng kölamli loyihalar amalga oşirilmoqda. Olimlarimiz dunyo kutubxonalarida saqlanayotgan, ajdodlarimiz qalamiga mansub nodir asarlarning fotonusxalarini olib kelib, ularning ilmiy-tanqidiy matnlarini tayyorlamoqdalar. Jumladan, Markaz ilmiy xodimlari tomonidan buyuk allomalarimiz Imom Moturidiyning «Kitob at-Tavhid» (Allohning yagonaligiga oid asar) va «Risola fit-tavhid» (Allohning yagonaligiga oid risola) asarlari, Abul Husayn Başoğariyning «Ismat al-anbiyo» (Payğambarlarning gunohdan pokligi) asari nodir qölyozmalar asosida zamonaviy naşri çop etildi. Bu jarayon şunçaki tarjima emas, balki asarning asl mohiyatini, muallifning haqiqiy ğoyasini buzmasdan dunyo olimlariga yetkazişdir. Çunki moturidiylik taʼlimotini çuqur örganiş bugungi kunda yoşlarni turli yot ğoyalardan himoya qilişda, islom dinining mötadil va bağrikeng mohiyatini tuşuntirişda beqiyos ahamiyatga ega.

Xulosa qilib aytganda, Özbekistonda diniy erkinlik amalda taʼminlanmoqda. Konstitutsiyamizdagi qoidalar hayotimizga kirib, ilm-fan va diniy qadriyatlarimizni rivojlantirişga imkon bermoqda. Ajdodlarimiz qoldirgan boy ilmiy merosni örganiş va yoşlarga yetkaziş böyiça qilinayotgan bu işlar, albatta, xalqimiz maʼnaviyatini boyitib, Özbekistonning dunyodagi obrösini yanada oşirişga xizmat qiladi.  

Ixtiyor Abduraxmonov
Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi

Articles

Read also

All articles
Popular articles

Muborak bayram – meros qadriyat

Har yili zulhijja oyining öninçi kunida dunyoning tört burçagida yaşovçi musulmonlar bir xil tuyğu – iymon va şukronalik ruhida bayram dasturxonini yozadilar,…

Popular articles

Maʼnaviy qudrat manbayi

XIV-XV asrlar Markaziy Osiyo tarixida Ikkinçi Renessans davri sifatida alohida örin tutadi. Uşbu tarixiy bosqiç nafaqat qudratli markazlaşgan davlat barpo etilgani, balki…