Joriy yilning 15-16 oktyabr kunlari Toşkent va Xiva şaharlarida bölib ötadigan “Islom &ndaş; tinçlik va ezgulik dini” nomli nufuzli xalqaro konferensiyasiga qizğin tayyorgarlik körilmoqda.
Mazkur nufuzli xalqaro konferensiya xususida Imom Moturidiy Xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Jamoliddin Karimovga bir neça savollar bilan murojaat etdik.
&ndaş; Jamoliddin Abdulhamidoviç, dunyoga yangilanayotgan Özbekiston sifatida tanilayotgan mamlakatimizning keyingi yillarda ilğor maʼrifiy taşabbuslarni xalqaro miqyosda ilgari surayotgani xususida fikringizni bilmoqçi edik.
&ndaş; Bugun Özbekiston nufuzli xalqaro taşkilotlarning yuksak minbaridan turib bildirayotgan ilğor maʼrifiy taşabbuslar hayotiyligi, amaliy ahamiyati va dolzarbligi bilan dunyo hamjamiyatini öziga jalb etmoqda. Bu borada söz yuritganda, eng avvalo, Özbekiston Respublikasi Prezidenti muhtaram Şavkat Mirziyoyevning Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Boş Assambleyasining 2017 yil sentyabr oyida Amerika Qöşma Ştatlarining Nyu-York şahrida bölib ötgan 72-sessiyasidagi iştirokini eslab ötiş lozim. Darhaqiqat, BMTning mazkur sessiyasida davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan muhim maʼrifiy taşabbuslar mamlakatning xalqaro miqyosdagi faoliyatida yangi bosqiçni boşlab berdi desak, mubolağa qilmagan bölamiz. Uşbu taşabbuslar orasida “Maʼrifat va diniy bağrikenglik haqida”gi maxsus rezolyusiyani qabul qiliş haqidagi taklif alohida eʼtiborga loyiq böldi. Taʼbir joiz bölsa, uşbu taklif ekstremizm va radikalizmga qarşi kuraş borasida qöllanilayotgan “Jaholatga qarşi maʼrifat” tamoyilining xalqaro kölamdagi amaliy ifodasi böldi. Yurtboşimiz tomonidan ilgari surilgan uşbu taklif taşkilotga aʼzo barça davlatlar tomonidan bir ovozdan maʼqullandi hamda 2018 yil 12 dekabrda tasdiqlandi. Mazkur rezolyusiyaning kötarinkilik bilan qabul qilinişi Özbekistonning madaniy-maʼrifiy sohadagi faoliyati, ilğor maʼrifiy taşabbuslari xalqaro taşkilotlar hamda xorijiy mamlakatlar tomonidan keng qöllab-quvvatlanayotganidan darak beradi.
Xususan, BMT Boş kotibi Antoniu Guterriş Özbekiston Respublikasi Prezidentining 72-sessiyadagi nutqi haqida iliq fikrlarni bildirib, ilgari surilgan taklif va taşabbuslarning muhimligini eʼtirof etdi hamda ularni har tomonlama qöllab-quvvatlaşga tayyor ekanini maʼlum qildi.
Şuningdek, davlatimiz rahbari BMT Boş Assambleyasining 2023 yil 19 sentyabr sanasida Nyu-York şahrida bölib ötgan 78-sessiyasida ham nutq sözlab, bir qator ilğor maʼrifiy taşabbuslarni ilgari surdi. Jumladan, BMT Boş kotibining “Iş örinlarini yaratiş va ijtimoiy himoya global akseleratori” borasidagi taşabbusi doirasida tajriba almaşiş maqsadida Özbekistonda BMT şafeligida “Ijtimoiy himoya: barqaror taraqqiyot sari yöl” mavzusida xalqaro konferensiya ötkaziş haqidagi taklif bilan çiqdi.
Şu bilan birga, Özbekiston zaminidan yetişib çiqqan buyuk mutafakkir allomalarning boy ilmiy-maʼnaviy merosini örganiş, islomning asl insonparvarlik mohiyatini çuqur oçib beriş maqsadida 2024 yilda Özbekistonda “Islom &ndaş; tinçlik va ezgulik dini” mavzusida xalqaro konferensiya ötkaziş taşabbusini ilgari surdi.
Umuman olganda, davlatimiz rahbari Şavkat Mirziyoyev tomonidan BMT va boşqa xalqaro taşkilotlarning minbaridan turib bildirilayotgan maʼrifiy taşabbus va takliflar Özbekistonning xalqaro hamjamiyatdagi mavqei tobora yuksalib, global muammolarni hal etişda öz sözi va örniga ega bölib borayotganini körsatadi.
&ndaş; Tez kunlarda bölib ötadigan “Islom &ndaş; tinçlik va ezgulik dini” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaga xorijlik olim va mutaxassislar, ilmiy tadqiqot va taʼlim muassasalarining qiziqişi tobora ortib bormoqda. Buning sababi nimada deb öylaysiz?
&ndaş; Avvalo, “Islom &ndaş; tinçlik va ezgulik dini” mavzusidagi xalqaro konferensiyani ötkaziş taşabbusi Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev tomonidan BMT Boş Assambleyasining 2023 yil 19 sentyabrdagi 78-sessiyasida ilgari surilganini taʼkidlab ötiş lozim. Albatta, bu mazkur konferensiyaning ahamiyati qançalik ulkan ekanini, şuningdek, unga nafaqat musulmon mamlakatlari, balki taşkilotga aʼzo barça davlatlar katta qiziqiş bilan qarayotganini körsatadi. Şuningdek, mazkur konferensiya islom dini niqobi ostidagi ekstremistik va radikal oqimlarning buzğunçi faoliyati kölami kengayib borayotgan, Şarq va Ğarb mamlakatlaridagi yoşlarni öz taʼsiriga olayotgan bir vaqtda islom dinining asl tinçlikparvar va insonparvarlik mohiyatini oçib beriş zarurati bugungi kunda xalqaro jamoatçilik oldida turgan dolzarb vazifalardan biriekani ham uşbu konferensiyaga bölgan qiziqişning ortişiga sabab bölmoqda. Şu sababli, konferensiya eʼlon qilingan vaqtdan boşlab musulmon mamlakatlarining eng közga köringan ulamolari, öz sohasining yetuk olim va mutaxassislari unda iştirok etiş istagini bildirib, murojaat qilib kelmoqda. Çunki, BMT darajasidagi bu kabi anjumanlarning taşkil etilişini har doim ham kuzatavermaysiz. Öylaymanki, uşbu konferensiya bugungi kunda maşhurlikka erişgan musulmon ulamolarining islomning tinçlik va ezgulik dini ekani haqidagi öz fikrlarini butun dunyoga baralla aytişlari uçun eng qulay platforma hisoblanadi. Şu sababli ham, dunyo olimlari, ilmiy-tadqiqot markazlari va taʼlim muassasalari xodimlarining unda iştirok etişga bölgan qiziqişlari tobora ortib bormoqda. Şu bilan birga, konferensiya Yangi Özbekistonda diniy-maʼrifiy sohada amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlar, ijobiy özgarişlar, fuqarolarning diniy erkinligi hamda haq-huquqlarini taʼminlaş yölida olib borilayotgan işlarni xalqaro jamoatçilikka yetkazişda muhim örin tutişi bilan ham ahamiyatlidir.
&ndaş; Buyuk alloma Imom Moturidiy ilmiy merosi va taʼlimotiga xos tinçlikparvarlik hamda insonparvarlik ğoyalarning bugungi kundagi ahamiyati qanday?
&ndaş; Imom Moturidiy olimlar tomonidan buyuk mutakallim, qomusiy alloma va uluğ mutafakkir sifatida eʼtirof etiladi. Uning birinçilardan bölib kalom ilmiga biliş nazariyasini kiritişi hamda öz taʼlimotida aqlga alohida örin ajratişini uşbu sohada öziga xos buriliş nuqtasi bölgan desak, mubolağa bölmaydi. Uning “Taʼvilot al-Qurʼon” va “Kitob at-tavhid” kabi asarlari allomaning öz sohasining yetuk olimi, peşqadami bölganini körsatadi.
U asos solgan moturidiylik taʼlimoti paydo bölgan davridan hozirgi kunga qadar muhim amaliy ahamiyatga ega bölib kelgan. Maʼlumki, islom dinida adaşgan toifalar, buzğunçi oqimlar bugun paydo bölib qolmagan. Ular kelib çiqişining tarixiy-ğoyaviy ildizi ilk islom davriga borib taqaladi. Öz davrida islom ulamolari tomonidan bu kabi buzğunçi aqidalarga ilmiy asoslantirilgan raddiyalar berilgan, ularga qarşi kuraşning maʼrifiy asoslari şakllantirilgan. Imom Moturidiy ham mana şunday olimlardan biri sifatida “Musahhih eʼtiqod ahli sunna” &ndaş; “Ahli sunna eʼtiqodining töğrilovçisi” kabi şarafli nomga sazovor bölgan. Bu bejizga emas albatta. Zero, uşbu taʼlimot vakillari IX asrdan buyon ixtilofli aqidaviy masalalarga javob beriş, mötadil taʼlimotni keng tarqatiş yuzasidan ulkan işlarni amalga oşirib kelmoqdalar.
Imom Moturidiyning mutaassib oqimlarga qarşi kuraş metodologiyasi, ayniqsa, bu borada ham naqliy, ham aqliy dalillardan birdek foydalangani yuksak amaliy samara keltirgani uning öz davrida mavjud bölgan buzğunçi oqimlar faoliyatiga batamom barham berib, musulmonlarning eʼtiqodiy birligi hamda jipsligini taʼminlay olganida öz isbotini topgan. Uşbu metodologiyaning asosini uning “Qurolingni ilmdan yasa”, degan hikmati taşkil qilgan.
Bugungi kunda faoliyat körsatayotgan mutaassib oqimlarning tarixiy-ğoyaviy ildizlari uzoq ötmişdagi “salaf”lariga borib taqalişini hisobga oladigan bölsak, moturidiylik taʼlimoti zamonaviy jamiyatdagi ijtimoiy muhitni soğlomlaştirişda ham yuksak amaliy ahamiyatga ega ekanligi ravşanlaşadi. Şu sababli hozirgi vaqtda Imom Moturidiy va moturidiylik taʼlimotini örganiş hamda keng tarğib qiliş davlat darajasidagi dolzarb vazifa hisoblanadi.
Şuni alohida qayd etiş lozimki, islom olamida Imom Moturidiy va moturidiylik taʼlimoti yuksak qadrlanişidan taşqari, uning yana bir muhim jihati ham borki, bu mazkur taʼlimotning bugungi ğoyaviy ziddiyatlar avj olgan globallaşuv davrida jamiyatda uçrayotgan ayrim ixtilofli aqidaviy masalalarning yeçimini topiş, jumladan, islom niqobi ostida faoliyat körsatayotgan oqimlarning buzğunçi ğoyalariga qarşi naqliy hamda aqliy dalillar asosida ilmiy asoslangan raddiyalarni beriş, diniy bağrikenglik tamoyillarini mustahkamlaşda muhim amaliy ahamiyatga ega ekanligi bilan ifodalanadi.
ÖzA muxbiri Nazokat Usmonova suhbatlaşdi.
