Popular articles

Konstitutsiya – adolat, tinçlik va hamjihatlik mezoni

Insoniyat yaralibdiki, jamoa bölib özaro munosabatlarga kirişib yaşaşga intiladi. Bir oila yoki kiçik bir qişloq bölsin, odamlar töplangan joyda tabiiy ravişda örtadagi…

This page is currently available in Uzbek only.

Insoniyat yaralibdiki, jamoa bölib özaro munosabatlarga kirişib yaşaşga intiladi. Bir oila yoki kiçik bir qişloq bölsin, odamlar töplangan joyda tabiiy ravişda örtadagi munosabatlarni tartibga soluvçi qoidalarga ehtiyoj tuğiladi. Uşbu qoidalar kuçli tomon zaif tomonga qöpollik qilişi, mazlumning haqi poymol bölişi kabi jamiyatda parokandalikka sabab böluvçi holatlar yuzaga kelmasligini taʼminlaydi.

Bugungi globallaşuv davrida dunyo çegaralari kengayib, turli madaniyat va qaraşlar qorişib ketgan bir paytda, şaxs, jamiyat va davlat örtasidagi munosabatlar hamda insonlarning huquqlari va erkinliklarini özida  mujassam qilgan ijtimoiy hujjat, kelişuvlar muhim ahamiyat kasb etadi. Lotin tilida “constitutio” deya qayd qilingan “konstitutsiya” sözining maʼnosini ifoda etuvçi yuridik hujjatni davlat va fuqaro, boşliq va xodim, turli eʼtiqod vakillari örtasidagi özaro hurmat va majburiyatlar çegarasini belgilab beruvçi mezon sifatida taʼbir qiliş joiz.

Konstitutsiya özida barça qonunlarni batafsil jamlagan yöriqnoma emas, balki jamiyatda yuzaga keladigan tartibsizlik va zulmning himoyaçisi ölaroq, insoniyat tafakkurining yuksak mahsulidir. Tarixga nazar taşlasak, jamiyatni qonunlar asosida boşqariş anʼanasi islom madaniyatiga begona emasligini köramiz. Payğambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam Makkadan Madinaga köçib kelganlaridan söng, u yerda davlatçilik poydevorini qurdilar. Bu jamiyat faqat musulmonlardan iborat emasdi. Unda mahalliy arablar, köçib kelgan musulmonlar va özga din qabilalari istiqomat qilardi. Şunday murakkab vaziyatda Nabiy sollallohu alayhi vasallam tarixda “sahifatul Madina” (Madina ahdnomasi) nomi bilan tarixda qolgan, 52 moddadan iborat muhim hujjatni tuzdilar. Taniqli olim, professor Muhammad Hamidulloh (vaf. 2003 y.) “bu insoniyat tarixidagi ilk yozma konstitutsiyalardan biri edi” deya taʼkidlagan. Uşbu tarixiy hujjatning bugungi huquqiy tamoyillar bilan hamohang jihatlarini tahlil qilinganda, ahdnomada Madinada yaşovçi barça aholi, jumladan, özga din vakillari ham musulmonlar bilan bir qatorda “bir xalq” deb eʼlon qilinganini alohida taʼkildaş örinlidir. Zero, bu holat fuqarolik institutining tamal toşi bölib, jamiyat aʼzolari dini va irqidan qatʼiy nazar, qonun oldida teng huquqli vatandoş sifatida eʼtirof etilişini ifoda qiladi.

Madina ahdnomasida vijdon erkinligi ham oçiq-oydin belgilangan bölib, “yahudiylarning öz dini bor, musulmonlarning öz dini bor” ligi qayd etib qöyilgan. Bu qoida özga din vakillariga eʼtiqodi sababli tazyiq ötkazilmasligi, har kim öz ibodatini emin-erkin bajarişini kafolatlagan. Şu örinda mamlakatimiz konstitutsiyasining ham asosiy ustunlaridan biri sifatida unda vijdon erkinligi taʼminlanganini alohida eslab ötiş lozim.

Yuqoridagi maʼlumotlardan jamiyat hayotini tartibga soluvçi qonunlarni işlab çiqiş, ularni kitob holiga keltiriş va barçaning unga amal qilişini talab qiliş dinga zid amal emas, aksinça, payğambar Muhammad alayhissalom qöllagan hikmatli tadbir ekani xulosa qilinadi. Bu tadbir öz navbatida köpdinli Madina jamiyatida tinçlikni asraş va dinlararo hamjihatlikni taʼminlaşda muhim ahamiyat kasb etgan.

Bugungi Konstitutsiyamizning ham boş maqsadi mamlakatda inson qadrini uluğlaş, har bir şaxsning huquq va erkinliklarini muhofaza qiliş hamda ijtimoiy adolatni örnatiş ekan, demak, uning mohiyati töliq ezgulikka xizmat qiladi. Nomlanişi, qaysi tilda ekani yoki kimlar tomonidan işlab çiqilganidan qatʼiy nazar, adolat va tinçlikni taʼminlaşga qaratilgan har qanday hujjat hurmatga loyiqdir. Bugungi dunyoda konstitutsiyalar turli millat va turfa dunyoqaraşga ega insonlarning bir vatan, bir bayroq ostida jipslaşib yaşaşining yagona kafolatidir.

Şuningdek, konstitutsiya &ndaş; bu şunçaki moddalar yiğindisi emas, balki u özaro işonç, hurmat va masʼuliyat demakdir. Jamiyatda aniq belgilangan qoidalar asosidagi tartib-intizom va adolatli qonunlarning hukm surişi, öşa yurtda ilm-fanning rivoj topişi, xalqning farovon hayot keçirişi kabi omillarni yuzaga çiqaradi. Şu sababli, yurtning barqarorligini taʼminlovçi huquqiy poydevori bölmiş boş qomusni örganiş hamda unga amal qiliş har qaçongidan muhim ahamiyat kasb etadi.

Sunnatulla Abdullayev

Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi 

Articles

Read also

All articles
Popular articles

Muborak bayram – meros qadriyat

Har yili zulhijja oyining öninçi kunida dunyoning tört burçagida yaşovçi musulmonlar bir xil tuyğu – iymon va şukronalik ruhida bayram dasturxonini yozadilar,…

Popular articles

Maʼnaviy qudrat manbayi

XIV-XV asrlar Markaziy Osiyo tarixida Ikkinçi Renessans davri sifatida alohida örin tutadi. Uşbu tarixiy bosqiç nafaqat qudratli markazlaşgan davlat barpo etilgani, balki…